


Tadbir Toşkentning tarixiy binolaridan biri – sobiq «Sverdlov» nomli konsert zali binosi negizida qayta qurilgan «Özbekiston kasaba uyuşmalari saroyi»ning oçiliş marosimi bilan boşlandi.

Oçiliş marosimida faxriylardan biri ramziy tasmani vaqtidan ilgari kesib qöydi. Prezident administratsiyasining sobiq rahbari, ayni vaqtda Kasaba uyuşmalari federatsiyasi Kengaşi raisining birinçi örinbosari Zaynilobiddin Nizomiddinov epçillik qilib, tasmani uşlab turdi.
Marosimda Qudratulla Rafiqov boşçiligidagi Kasaba uyuşmalari federatsiyasi rasmiylari, Oliy majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Qonunçilik palatasi Spikeri birinçi örinbosari Akmal Saidov, deputatlar Aktam Hayitov, Rustam Kalonov va Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulovlar qatnaşdi.




Prezident maslahatçisi Muzaffar Komilov Şavkat Mirziyoyevning Kasaba uyuşmalari a’zolari va faollariga bayram tabrigini öqib berdi.







































