Içki işlar vazirining örinbosari – Jamoat xavfsizligi Departamenti boşliği polkovnik Bekmurod Abdullayev tomonidan ötkazilgan yiğilişda respublikadagi barça yöl-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati davrida şaxsiy telefonidan (uyali aloqa vositasi) foydalanişini taqiqlaş haqida körsatma berilgan.

Unga köra, YPX xodimlari har kuni ertalabki yöriqnoma çoğida şaxsiy qöl telefonlarini topşirib, xizmatga telefonsiz çiqişlari hamda xizmat vaqtida telefondan foydalanmasliklari talab etilmoqda.

Bundan taşqari, xodimlarning harakat iştirokçilari telefoniga javob berişlari ham taqiqlangan (aslida bu talab azaldan mavjud). Quyi tizim rahbarlaridan xodimlarga uşbu körsatmaga rioya qilişlarini qat’iy nazoratga oliş söralmoqda.

Yiğilişda ta’kidlanişiça, vazir örinbosarining yangi topşiriği ijrosini vazirlikning maxsus tekşiruv guruhi muntazam örganib boradi. Xodimlar tekşiruv çoğida kimning yonidan telefon topilsa u lavozimdan ozod etilişidan ogohlantirilgan.

Joylarda allaqaçon uşbu körsatmaga muvofiq xizmatoldi yöriqnoma  (razvod) paytida yöl-patrul xizmati xodimlaridan telefonlar yiğib olingan.

Biroq rahbariyatning yangi talabi köpçilik xodimlarda norozilik uyğotgan.

“Xodimlarning ham oilasi bor. Hayotda har xil vaziyat böladi. Kimningdir uyida keksa ota-onasi bor. Kimningdir ayoli homilador, kimningdir bolasi kasal bölişi mumkin. Uydagilariga qandaydir yordam zarur bölib qolsa, u bilan qanday boğlanişadi? Nahotki rahbarlar biror narsani talab qilişdan oldin oqibatini öylaşmaydi. Nima, şaxsiy hayotimiz bölişi mumkin emasmi?” deydi Kun.uz bilan boğlangan, ismi sir qolişini söragan xodimlardan biri.

“Nimaga boşqa davlat xizmatçilariga şaxsiy telefondan foydalaniş mumkin-u YPX xodimlariga mumkinmas? Talab hammaga bir xil bölişi kerak emasmi? Öşa Bekmurodov ham, vazirlikdagilar ham, hukumatdagilar ham telefonsiz işlaşarmikin? Yozda jaziramada, qişda qahratonda xizmat qilamiz. Ğing demaymiz, çunki bu kasbni özimiz tanlaganmiz. Bunçalikmas-da endi. Telefon korrupsion harakatlarga asos bölayotgan deb hisoblaşsa, bodikameralarimiz bor, nazoratini ta’minlaşsin, har kuni sinçiklab körib çiqişsin. Qaysidir kattakonning maşinasini qoida buzgani uçun töxtatib qöysak, telefonga javob bermasak ham u yuqori turuvçilarimizga çiqadi va bizga ratsiyadan “Qöyib yubor!” degan topşiriq keladi va böysunişga majbur bölamiz. Agar tizimni tozalaşmoqçi bölsa şu kabi holatlarga çek qöyişsin, absurd qarorlar qabul qilişning örniga”,