Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov «Qirğiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Özbekiston Respublikasi Hukumati örtasida 2022 yil 3 noyabrda Bişkekda imzolangan Kampirobod (Andijon) suv ombori suv resurslarini birgalikda boşqariş töğrisidagi bitimni ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonunni imzoladi.

Hujjatda 3 noyabr kuni Bişkekda imzolangan Kampirobod (Andijon) suv omborining suv resurslarini birgalikda boşqariş töğrisidagi ikki davlat örtasidagi kelişuvni ratifikatsiya qiliş taklif etilgan.

«Şartnoma Qirğiziston Respublikasi va Özbekiston Respublikasi örtasida Qirğiziston-Özbekiston davlat çegarasining ayrim uçastkalari töğrisidagi bitimga muvofiq tayyorlangan. Uning maqsadi qöşma komissiya tomonidan suv ombori suv resurslarini boşqarişdir», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Bu qonun bilan suv ombori joylaşgan hudud Özbekistonga tegişli ekani haqidagi bahslarga barham beriladi, ombor ikki davlat tomonidan hamkorlikda boşqariladi.

Japarov şu kuni özbek-qirğiz davlat çegarasining 302,29 km uzunlikdagi uçastkalariga doir şartnomani ratifikatsiya qiliş böyiça qonunni ham imzoladi.

Avvalroq Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov çegara bitimi tafsilotlarini ma’lum qilgan edi.