Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi birinçi örinbosari Farhod Mahmudov vafot etdi. Bu ma’lumotni Kun.uz’ning soğliqni saqlaş sohasidagi manbasi tasdiqladi. Manba ma’lumotiga köra, u yaqinda oğir xastalikdan davolanib çiqqan, uning ölimiga eski kasalligi sabab bölgan.
Farhod Mahmudov 1973 yil Toşkent viloyati Çinoz tumanida tuğilgan. U 1996 yil Toşkent davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi jurnalist.
Farhod Mahmudov 1995 yildan buyon Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida turli lavozimlarda faoliyat körsatgan.
«Özbekiston 24» taşkil etilgaç, unga rahbarlik qilib kelgan Farhod Mahmudov 2018 yilning sentabrida Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy taşkilotlarni rivojlantiriş masalalari xizmati böyiça Prezident maslahatçisiga örinbosar etib tayinlangandi. 2019 yil sentabrida Prezident administratsiyasi rahbariga örinbosar etib tayinlanadi.
U 2020 yil yozida MTRKga qaytgan va raisning birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.
Farhod Mahmudov 2008 yil «Mehnat şuhrati» ordeni, 2018 yilda «Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

















