Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchilar uchun majburiy kasbiy litsenziyalash tartibi joriy etiladi
O‘zbekistonda maktab rahbarlari va o‘qituvchilari uchun majburiy kasbiy litsenziyalash tartibi joriy etiladi. Bu haqda prezidentning “Xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi to‘g‘risida”gi qarori loyihasida aytilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab xalq ta'limi muassasalari rahbarlari uchun davriyligi 3 yildan iborat, o‘qituvchilar uchun davriyligi 5 yildan iborat majburiy kasbiy litsenziyalash tartibi bosqichma-bosqich joriy etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga xalq ta'limi muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilarining faoliyatini kasbiy litsenziyalash vakolati beriladi.
Malaka toifasi bo‘lmagan o‘qituvchi kasbiy litsenziya olganidan so‘ng uning mehnatiga haq to‘lash shartlari ikkinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarga tenglashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab pedagogika va psixologiya fanlarini oliy ta'lim muassasalarining umumta'lim fanlari yo‘nalishlariga muvofiq keluvchi mutaxassislar tayyorlovchi magistratura bosqichi talabalari uchun majburiy fan sifatida kamida 144 soat hajmda o‘qitilishini hamda pedagogik amaliyot o‘tashini joriy etadi.
Bunda, Xalq ta'limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari bilan birgalikda tasdiqlagan magistratura mutaxassisliklari ro‘yxatiga muvofiq oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilariga pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
Mavzuga oid
21:54 / 25.12.2025
Putin Rossiyada avtomat-odamlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qildi
15:26 / 18.12.2025
Akkreditatsiya to‘lovlari qaytarilmaydi: ta’lim tashkilotlari uchun yangi qoidalar
11:59 / 17.12.2025
Dala chetlaridan foydalangan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
20:15 / 16.12.2025