Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, 22 fevral kuni viloyat IIB JQB, Zarafşon şahar IIB, Milliy gvardiya va FVB xodimlari hamkorligida taşlandiq kon hududida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida 7 ta guruh tarkibida noqonuniy oltin qazib olayotgan 54 kişi uşlangan. Ular Navoiy viloyatining Xatirçi, Navbahor, Samarqand viloyatining Narpay va Paxtaçi, Buxoro viloyatining Şofirkon hamda Vobkent tumanlarida yaşovçi fuqarolar bölgan.
Mazkur şaxslar foydali qazilmalarni qazib oliş faoliyati bilan litsenziyasiz şuğullanib kelayotganligi aniqlangan. Ulardan 4 dona dvijok, 7 dona elektron bolğa, 2 ta Ford maşinasi, 2 tonna tarkibida oltin zarralari bölgan toş-qum, şuningdek, qaziş işlarida işlatiladigan turli uskunalar, toş maydalovçi qurilmalar hujjatlaştirib olingan.
Ta’kidlanişiça, tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida 54 nafar fuqaroning şaxsiga aniqlik kiritilib, ulardan tuşuntiriş xatlari hamda barmoq izlaridan namunalar olingan. 2 tonna qum esa tarkibida qança miqdorda oltin borligini aniqlaş maqsadida NKMK DK MKBga tegişli laboratoriyaga topşirilgan.
Oldinroq uşbu hududda 5 nafar şofirkonlik fuqaroni qum bosib qolgan va ularning 10 kun tuproq ostida qolib ketgan murdasi 30 metr çuqurlikdan topilgandi.
2021 yilning 13 noyabr kuni ham mazkur taşlandiq konda 4 kişi qum bosib qolişi oqibatida vafot etgandi.













