Toşkentdagi 81ta talabgir maktabga bolani joylaştirişning antikorrupsion çoralarining ijrosini ta'minlaş yöli topilmagunça, bu maktablarga qabulda hozirça pul olinmaydi. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov feysbukdagi sahifasida e'lon qildi.

«Prezidentimiz Toşkent şahridagi maktablar ahvolini yaxşilaş uçun bu yil qöşimça 400 mlrd söm va keyingi yil yana şunça ajratiş böyiça topşiriq berdilar. Undan avval Sergelida yangi qurilayotgan dahalarda 4ta yangi 1580 örinli maktablarni quriş böyiça 100 mlrd söm qöşimça ajratilib, quriliş işlari boşlab yuborilgan edi.

Ya'ni 2019 yilni özida qöşimça 500 mlrd söm. Bu degani 1 yilni özida oxirgi 5 yilda Investitsiya dasturlari doirasida ajratilgan miqdordan deyarli 2 marta köp qöşimça mablağ ajratilyapti! (raqamlardagi farqni osonroq tuşuniş uçun grafikka qarang).

Özi Prezidentimiz Şavkat Miromonoviçdan avvalgi davrni tahlil qilsak, Toşkentda maktablar asosan yopilgan ekan. Sababi asosiy e'tibor kollejlarga bölgan. Şu vaqtgaça 23ta maktab yopilib, boşqa taşkilotlarga berib yuborilganini aniqladik. Şuning uçun, hozir Toşkentda maktablar uçun heç narsa qilinmayapti deb jar soluvçilar, biroz yolğon gapirişdan or qilsalar yaxşi bölardi...

Toşkentdagi 81ta maktabning birinçi sinfiga qabul jarayonining yangi tizimini joriy etişning ijobiy taraflari qolib, ba'zilar «qabul pullik böldi» deb notöğri talqinga ötib ketdi. Natijada, «hukumat maktablarga pul ajratmayapti», «aholidan pul yiğişga ötib ketilyapti» va h.k. kabi notöğri izohlar köpayib ketganiga uşbu masalaga biroz oydinlik kiritib qöyişni maqsadga muvofiq deb öyladim.

Birinçidan, Uçtepa tumanidagi 50 yildan beri kapital ta'mir qilinmagan, quvvatidan deyarli 3 barobar köp öquvçi öqiyotgan maktabga Prezidentimiz taşrif buyurganlaridan keyin Toşkent şahridagi maktablarni ahvolini tubdan yaxşilaş böyiça topşiriq bergan edilar. Natijada, şu ikki yil davomida Toşkent şahridagi maktablar ahvolini yaxşilaş uçun qöşimça 800 mlrd. ajratiladigan böldi. Hozir tegişli qaror loyihasi tayyorlanyapti. Özbekiston mustaqillikka erişgandan beri, bu birinçi marta Toşkentdagi maktablarga şunça katta miqdordagi qöşimça mablağ ajratilişi. Natijada boşqa maktablardagi moddiy texnik ahvol ham ançagina yaxşilanişi kutilyapti. Bu aholisi ösib borayotgan poytaxtimiz uçun juda kerak (yangi tizim va tanqid asosan Toşkent şahriga boğliq bölganiga faqat Toşkent şahridagi mablağlarni yozdim, boşqa hududlarda ham ançagina qöşimça mablağlar ajratilmoqda).