Özbekiston xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov feysbukdagi rasmiy sahifasida bugungi kunda xalq ta'limi tizimida uçrayotgan muammolar xususida söz yuritdi.

Uning fikriça, ba'zi maktablar nufuzining yuqori bölişi ta'lim muassasasi direktorining faoliyatiga boğliq. Ma'lum bir nufuzli maktablar muntazam ravişda tekşirilib, ularning faoliyatida kamçiliklar topişga harakat qilingan. Maqsad - bu orqali kimnidir mazkur maktabga kiritişni tezlaştiriş bölgan. Hozirgi qonunçilik va moliyalaş tizimida istalgan nufuzli maktab direktorini qamaş mumkin. Şu tufayli ular “qönğiroqçi”larni maktabga joylaşgan.

“Poytaxtimizdagi davlat maktablari direktorlari oyiga 2,5 mln. söm işlab topadi ($300 kamroq). Ularda xususiy maktab direktorlariga nisbatan yuklama va stress bir neça bor yuqori. (Toşkentdagi xususiy maktab direktorlarini men davlat xizmatiga taklif qildim, ammo ular $3000 –$5000 oylikni ortiqça stresslarsiz va dam oliş kunlarida dam olgan holda topişlarini aytib ötib, rad javobini berişdi).

Men mazkur maktab direktorlarining hammasi farişta ekanligi fikridan yiroqman. Şubhasiz, bu direktorlar maktabning yuqori natijaga erişişida hissasi juda katta. Şu tufayli barça mazkur maktablarga intiladi va ularda öquvçilar soni köp. (Biz kamida ularni himoya qilişimiz kerak, sababi koeffitsiyenti kiçik bölgan noloyiq direktorlar bor hamda ularning örniga yaxşi kadr topiş qiyin). Biz ularning faoliyati uçun yaxşi şaroitlar yaratmasak (hozirgi maktab budjeti bilan buni amalga oşira olmaymiz), faqat jazolasak (mikrohudud taşqarisidan bolani joylagani uçun direktorlarni qamaş böyiça köplab takliflarini öqidim) ular boşqa sohaga yoki xususiy maktablarga ketib qoladi. Ularning ortidan esa direktor tomonidan yaratib bergan şaroit uçun faoliyat yuritayotgan öqituvçilar ketadi. Bu vaziyatdan kim yutadi?”, deb yozadi u.

Vazirning yozişiça, şu bilan birga, talab yuqori bölmagan maktablarga ahamiyat berilmagan.

“Ötgan yili bu muammoni örganişni boşlaganimizda, Toşkent şahrida 77 tadan köp maktablar (25%) 1 koeffitsiyentidan past bölgan, ya'ni quvvatiga nisbat öquvçilar kam tahsil olgan. Ularga öz faoliyatlarini töliq özgartirişlari va öquvçilar sonini oşiriş yoki lavozimlarini böşatiş vazifasi qöyilgan edi”, deya ta'kidlaydi Şermatov.