O‘zbekiston | 10:03 / 08.09.2023
11302
2 daqiqa o‘qiladi

Global ochlik indeksida O‘zbekiston 21-o‘rinni egalladi

2022 yilda Global ochlik indeksida eng yaxshi deb topilgan mamlakatlar orasida O‘zbekiston 21-o‘rinni egalladi. Belarus, Bosniya va Hersegovina, Chili davlatlari reytingda eng yuqori pog‘onada bo‘lsa, eng kichik ko‘rsatkichlar Madagaskar, Markaziy Afrika Respublikasi va Yaman mamlakatlarida kuzatilmoqda.

Foto: yogmoy.uz

Joriy yilda Global ochlik indeksda 121 ta mamlakat ishtirok etdi. Mazkur indeksda O‘zbekiston eng yaxshi deb topilgan mamlakatlar orasida 5,6 ball bilan 21-o‘rinni egalladi. Ushbu ma’lumot Global ochlik indeksi rasmiy saytida taqdim etilgan.

Ushbu ko‘rsatkich mamlakat oziq-ovqat yetishmovchiligiga duchor bo‘lmasligini anglatadi. Mazkur indeks ko‘rsatkichi 2000 yilda — 24,2; 2007 yilda — 15,4; 2014 yilda — 8,3 bo‘lgan.

Global ochlik indeksining yetakchi pog‘onalarida Belarus, Bosniya va Hersegovina, Chili davlatlari joylashgan. Eng kichik ko‘rsatkichlar Madagaskar, Markaziy Afrika Respublikasi va Yaman mamlakatlarida kuzatilmoqda.

MDHning qolgan davlatlari quyidagi o‘rinlarni egalladi:

Qozog‘iston — 24;
Rossiya — 28;
Armaniston — 32;
Ozarboyjon — 36;
Ukraina — 36;
Qirg‘iziston — 40;
Tojikiston — 67.

Bu indeks har bir mamlakat uchun to‘rtta ko‘rsatkichni jamlash orqali aniqlanadi: to‘yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi; besh yoshgacha bo‘lgan vazni me’yordan past bolalar ulushi; besh yoshgacha bo‘lgan bo‘yi me’yordan past bolalar ulushi; besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘lim darajasi.

Global ochlik indeks ko‘rsatkichlari mavjud bo‘lmagan mamlakatlar va ba’zi bir yuqori daromadli mamlakatlar, aholisi kam mamlakatlar va mustaqil bo‘lmagan hududlar uchun hisoblanmagan.

Mavzuga oid