1954 yilning 26 aprelida Andijon viloyati Marhamat tumanida tuğilgan şoir uzoq umr körmagan bölsa-da, xalq dardini, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni his qilib, oddiy odamlarga ham birday qadrdon köplab şe’rlar yozdi.

Kun.uz xalqning sevimli şoiri Muhammad Yusuf haqidagi xotiralar va uning şe’rlaridan parçalar jamladi.

“Döppi” şe’rining yoziliş tarixi

Tursunboy Adaşboyev, bolalar şoiri (yozuvçi Murodjon Mansurovdan eşitganlari):

— Men «Yoşlik» jurnalida, Muhammadjon «Toşkent oqşomi» gazetasida işlab, xizmat yuzasidan tez-tez uçraşib turardik. Mustabid tuzumning öziga xos çiğiriqlari bölib, ayniqsa ijodkor yoşlarning asarlari tegişli idoralar orqali sinçiklab kuzatilar edi. «Yoşlik» jurnalining navbatdagi xomaki nusxasini öşa idoraning mas’ul vakiliga olib borganimda, u mening boşimdagi ohori tökilmagan döppimga istehzo bilan uzoq tikilib turdi. Men öz navbatida bu singlimiz umrida döppi kiygan odamlarni körmagan şekilli, degan xayolga bordim. U ijirğanib jurnalning xomaki variantini közdan keçirdi va ayrim şe’rlarga e’tiroz bildirdi. Ortimga xafagazak qaytar ekanman, yölda Muhammad Yusufni uçratib qolib, döppi bilan boğliq yuqoridagi voqeani unga aytib berdim.

– Ğaroyib iş bölibdi, xafa bölmang, Murodjon aka, – deb miyiğida kulib qöydi...

Oradan köp ötmay, iqtidorli şoir ukam Muhammad Yusufning quyidagi bağişlovi yetakçi gazetalardan birida çop etildi.

“Şoir uloqni olib ketgandi...”

Muhammad Ali, yozuvçi:

— Ötgan asrning saksoninçi yillarida Yozuvçilar uyuşmasida katta muşoira böldi. Qoraçadan kelgan bir yigitça minbarga çiqib, taniqli şoirlar qatorida şe’r öqidi, öqidi-yu, uloqni olib ketgani bilindi! Bu yoş şoir Muhammad Yusuf edi, uning şe’ri döppiga bağişlangandi.

«Boş qolmadi döppiga loyiq» satrini keltirganda, zal olqişlarga töldi. Nazokat bilan aytilgan, çuqur ramziy ma’noga ega bu şe’r özbeklikni, özbekni uluğlovçi, ğururimizni yuksakka kötaruvçi timsol sifatida jaranglagandi. Ha, şoir döppiga loyiq odamlar bölişini, şularning safida şaxdam yurişni orzu qildi.

Qizlarini suygan şoir