«International Job Organization» xususiy bandlik agentligining mansabdor şaxslariga oid jinoyat işi böyiça tergov yakuniga yetib, iş jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudiga oşirildi.

Kompaniya mansabdor şaxslari pul mablağlarini noqonuniy jalb etiş, firibgarlik va boşqa jinoyatlarda ayblanmoqda. Bu haqda JIB Şayxontohur tuman sudi vakiliga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Jinoyat işida 2620 nafar fuqaro jabrlanuvçi deb topilgan va ularga yetkazilgan jami zarar miqdori 18 mlrd 484 mln sömni taşkil qiladi. Dastlabki tergov davrida yetkazilgan zararning bor-yöği 591 mln sömi qoplangan.

Kompaniya rahbari – 1993 yilda Qirğizistonda tuğilgan, fuqaroligi bölmagan şaxs – Abdurahmonov Şerzod Abdulhamidoviç joriy yil 10 iyun kuni ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.

XBA vakillari Koreya Respublikasi va Yevropa qit'asida joylaşgan davlatlarga işga yuborişni va'da qilib, fuqarolardan 45 mln sömgaça pul mablağlarini olib kelgan.