Avgust oyida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Belarusga rasmiy taşrif bilan boradi. Bu haqda Belarus-Özbekiston ikki tomonlama hamkorligi böyiça hukumatlararo komissiya yiğilişida ma'lum qilindi.

Bugun, 18 iyun kuni Minskda Belarus boş vaziri örinbosari Vladimir Dvornik Belarus-Özbekiston ikki tomonlama hamkorligi böyiça hukumatlararo komissiya yiğilişida qatnaşdi.

«Agrosanoat majmui, maşinasozlik, oziq-ovqat va farmatsevtika, yengil sanoat sohalari hamkorlikning ustuvor yönalişlari hisoblanadi. Sanoat kooperatsiyasi, qöşma korxonalar taşkil etişga alohida e'tibor qaratamiz. Özbekistonda yuk, maxsus va tirkama texnika, gaz yonilğisida işlaydigan avtobuslar işlab çiqariş böyiça keng miqyosli loyihalarni amalga oşirişni taklif qilamiz. Minsk avtomobil zavodi yuqori darajadagi lokalizatsiya bilan ana şunday işlab çiqarişlar taşkil etişga tayyor», - dedi Vladimir Dvornik.
Vladimir Dvornikning sözlariga köra, Özbekiston mahsulotlari, birinçi navbatda, sarxil va qayta işlangan meva-sabzavotlar, yonğoqlar, paxta tolasi, mis simlar va boşqa mahsulotlarga qiziqiş yuqori.

Tadbir davomida şu yilning avgust oyida Prezident Şavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy taşrifi rejalaştirilayotgani ma'lum böldi.