Bugun, 19 iyul kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi matbuot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva 4 foizlik qöşimça grant uçun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar sonini ma'lum qildi.
Vazirlik rasmiysining ta'kidlaşiça, 10 iyulga qadar 32 ming 98 nafar xotin-qizlar tavsiyanoma oliş maqsadida hududiy tuman (şahar) mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlariga murojaat qilgan. Murojaat qilgan xotin-qizlarning 22 ming 900 nafarining hujjatlari joylardagi Işçi guruhlari tomonidan örnatilgan tartibda qabul qilib olingan.
«9 ming 197 nafar murojaatga işçi guruhlar tomonidan şu kunning özida oğzaki tuşuntirişlar berilgan. 4 ming 272 nafar xotin-qiz tomonidan taqdim qilingan hujjatlar belgilangan mezonlarga töğri kelmagani uçun ularga rad etiliş asoslari körsatilgan xulosalar yuborilgan», deya ma'lumot berdi Saodat Boymirzayeva.
Qayd etilişiça, 18 ming 628 nafar xotin-qizga mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlari tomonidan tegişli tartibda tavsiyanomalar berilgan.
Hududlar kesimida:
- Qoraqalpoğiston Respublikasidan — 1370 nafar;
- Andijon viloyatidan — 1418 nafar;
- Buxoro viloyatidan — 836 nafar;
- Jizzax viloyatidan — 924 nafar;
- Navoiy viloyaidan — 762 nafar;
- Namangan viloyatidan 1898 nafar;
- Samarqand viloyatidan 1833 nafar;
- Surxondaryo viloyatidan 1681 nafar;
- Sirdaryo viloyatidan 828 nafar;
- Farğona viloyatidan 1901 nafar;
- Toşkent viloyatidan 1142 nafar;
- Xorazm viloyatidan 1325 nafar;
- Qaşqadaryo viloyatidan 2027 nafar;
- Toşkent şahridan 683 nafar xotin-qizga tavsiyanoma berilgan.
Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar röyxati 17 iyul kuni Davlat test markaziga taqdim etilgan.

















