Jahon | 09:43 / 31.05.2018
8313
3 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Rossiya o‘zini AQSh va KXDR muzokaralariga aralashishga haqli, deb hisoblamaydi

Foto: RIA Novosti / Yekaterina Lyzlova

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Rossiya tashqi ishlar vaziri KXDRga payshanba kuni tashrif bilan keldi. 

Rossiya o‘zini AQSh va KXDR o‘rtasidagi muzokara jarayoniga aralashish huquqi ega, deb hisoblamaydi, biroq Koreya mojarosiga yechim topish bo‘yicha aniq kelishuvlar tarafdori bo‘lib qoladi, ular barcha tomonlar manfaatiga javob berishi kerak, deya ma'lum qildi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.

"Ishonchim komilki, Shimoliy Koreya tomoni so‘nggi yillar voqealarini yodda saqlab kelmoqda hamda o‘z pozitsiyasini barcha omillarni hisobga olgan holda aniqlaydi. Men KXDR AQSh bilan muzokaralarga qanday fikrlar, qanday pozitsiya bilan chiqayotganiga qiziqish to‘g‘ri emas, deb hisoblayman. Hozir ekspertlarning maslahatlashuvlari o‘tkazilmoqda, hamda biz bu jarayonga qo‘shilishga haqlimiz, deb hisoblamaymiz", - degan Lavrov jurnalistlarga.

"Biroq, bu kelishuvlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lsa, unda ehtimol, Xavfsizlik kengashiga u yoki bu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘ladi, ular barcha tomonlar, shu jumladan, Shimoliy Koreya manfaatlariga mos kelishi darkor", - deya ta'kidlab o‘tdi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “qanday kafolatlar yetarli bo‘lishini Shimoliy Koreya rahbariyati hal qiladi”.

Shuningdek, Lavrov KXDRga tashrifi davomida Shimoliy Koreyaning avvalgi yetakchilari - Kim Ir Sen va Kim Chen Ir haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Tantanali marosimda RF TIV rahbari o‘rinbosari Igor Morgulov va RFning Pxenyandagi elchisi Aleksandr Matsegora ham ishtirok etdi.

Balandligi taxminan 25 metr bo‘lgan ikkita bronza haykal Koreya inqilobi muzeyi yaqinidagi Mansude tepaligida joylashgan. KXDRning hozirgi yetakchisi Kim Chen In otasiga haykal uning buvasi haykali yonida, Kim Chen Ir 2011 yilda vafot etganidan so‘ng barpo etilgan. 

Mavzuga oid