12 iyun soat 19:00 da Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan savdo komplekslarida yong‘in sodir bo‘ldi.

FVVga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in 20:25 da qurshab olinib, yong‘in soat 23:30 da bartaraf etilgan.

Kun.uz muxbirining voqea joyidan xabar berishicha, yuzdan ortiq tadbirkorlarning mol-mulklariga zarar yetgan.

FVV bo‘linmalari hodisa joyida bo‘lib, yong‘inning kelib chiqish sababi va ko‘rilgan zarar miqdorini aniqlash ishlarini olib bormoqda.