Jamiyat | 17:40 / 17.05.2021
2691
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda tezlikni oshirgan Tiko voyaga yetmagan ikki nafar bolani urib yubordi

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida Tiko haydovchisi tezlikni belgilangan me'yorlardan oshirgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda yo‘l chetida ketayotgan ikki nafar voyaga yetmagan bolani urib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 16 may kuni soat 01:00larda Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida odam urib yuborish bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Sardoba hududidan o‘tuvchi 4K674 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida shu tumanning Xalqobod mahallasida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan Tiko avtomashinasini boshqarib ketayotib, tezlikni oshirgan. So‘ng boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetiga chiqib ketgan. Oqibatda, ikki nafar voyaga yetmagan, 2009 va 2014 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi tufayli bolalar og‘ir tan jarohati olib, Sardoba tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Tuman IIB tomonidan olib borilgan surishtiruvlarda Tiko haydovchisi belgilangan tezlik me'yorlarini buzgani aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, holat yuzasidan surishtiruv davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid