Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin 11 generalni ishdan bo‘shatdi
Foto: Mixail Klimentev/TASS
Rossiyaning huquqiy ma'lumot rasmiy internet portalida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni e'lon qilindi, unga muvofiq mamlakat IIV, FVV, Tergov qo‘mitasi va Jazoni ijro etish federal xizmatida ishlagan 11 general egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Xususan, gap politsiya general-mayorlari Pavel Bugayev (IIV Yo‘l harakati xavfsizligi ta'minlash bo‘yicha Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari), Aleksandra Guk (Ural yuridik IIV rahbari), Aleksandr Pervuxin (Udmurtiya respublikasi bo‘yicha ichki ishlar vaziri), ichki xizmat general-mayori Andrey Bikov (JIFX ITI rahbari), ichki xizmat general-polkovnigi Shamsutdin Dagirov (FVV Yong‘inga qarshi xizmati davlat akademiyasi boshlig‘i), adliya general-leytenantlari Valeriy Zadorin (Sverdlovsk oblasti bo‘yicha TQ TB rahbari), Igor Napalkov (Krasnoyarsk o‘lkasi bo‘yicha TQ DTB rahbari), Oleg Troshin (Penza oblasti bo‘yicha TQ TB rahbari) va adliya general-mayorlari Vitaliy Shevchenko (Volgograd oblasti bo‘yicha IIV BB boshlig‘i o‘rinbosari), Oleg Tushmalov (Pskov oblasti bo‘yicha TQ TB rahbari) va Aleksandr Sergeyev haqida (Belgorod oblasti bo‘yicha TQ TB rahbari) haqida ketmoqda.
Farmonda yangi tayinlovlar haqida ham so‘z yuritilgan.
Mavzuga oid
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
14:58 / 20.01.2026
Rossiya aviakompaniyalari eski samolyotlar bir qismini qayta ishlatishga qaytarmoqda
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
20:27 / 19.01.2026