Ibrohim Haqqul 1949 yil 28 martda Buxoro viloyati Şofirkon tumani Talija qişloğida ziyoli oilasida tuğilgan. Örta maktabni tugatgaç, 1966-1970 yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida tahsil olgan.

Ibrohim Haqqul 1970-1972 yillarda "Şofirkon haqiqati" gazetasida bölim boşliği va muharrir vazifalarida işlagan.

Uning "Navoiy va Mavlono Aşraf", "Daryo kabi hamişa uyğoq..." kabi ilk adabiy maqolalari şu gazetada bosilib çiqqan.

Olim 1972 yildan to hozirga qadar Alişer Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Ibrohim Haqqul 1976 yili "Özbek adabiyotida ruboiy" mavzusida nomzodlik, 1995 yili "Özbek tasavvuf şe’riyatining şakllanişi va taraqqiyoti" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Dastlab uning "Özbek adabiyotida ruboiy" (1981), "Uvaysiy şe’riyati" (1982), "Badiiy söz şukuhi" (1987) kitoblari naşr etilgan bölsa, keyin "Zanjirband şer qoşida" (1989), "Şe’riyat - ruhiy munosabat" (1989), "Abadiyat farzandlari" (1990), "Tasavvuf va şe’riyat" (1991), "Kamol et kasbkim..." (1991), "Ğazal soğinçi" (1991) kabi 20dan ortiq kitoblari bosilib çiqqan.

U rus tilidagi ikki jildlik "Istoriya uzbekskoy literatury" kitobining mualliflaridandir.

Saksoninçi yillarning ikkinçi yarmida Ibrohim Haqqulning adabiy jarayonda faol iştirokini kuzatiş mumkin.

Şuningdek, Abdulhamid Çölponning "Bahorni soğindim" (1988), Xoja Ahmad Yassaviyning "Hikmatlar" (1991) majmuasini, şogirdi Sayfiddin Rafiddinov bilan hamkorlikda "Boqirğon kitobi" (1991), "Me’rojnoma" (1995) kabi uzoq muddat naşr etilmay kelingan asarlarni öquvçilarga yetkazgan.

Keyingi yillarda u "Ahmad Yassaviy", "Kim nimaga tayanadi?", "E’tiqod va ijod", "Tasavvuf saboqlari", "Taqdir va tafakkur", "Meros va mohiyat" deb nomlangan risola va kitoblarini çop ettirgan.

Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Vilyam Şekspirday daho san’atkorlarning özbek tiliga ögirilgan kitoblariga salmoqli sözboşi va söngsözlar yozgan.

Alişer Navoiyning "Xazoyin ul-maoniy"sidan tanlangan şohbaytlarning alohida kitob holida çiqarilganligi ham e’tiborga molikdir.

Keyinroq Ibrohim Haqqulning "Ijod iqlimi" va "Muşohada yoğdusi" nomli kitoblari ham bosilib çiqqan.