14 oktabr kunidan Tashkent City boği hududiga kiriş bepul böldi. Bu haqda boğ ma'muriyati xabar berdi.
«Avtotransport vositalari kirişi bundan mustasno», deyiladi xabarda.
Tashkent City'ga kiriş 2020 yil 17 dekabrdan boşlab pulli qilingan, öşanda bu tartib faqat bayram kunlari uçun ekani aytilgandi.
Keyinroq, Kun.uz'ga izoh bergan Tashkent city xalqaro işbilarmonlik markazi direksiyasi rahbari Bahrom Rizayev boğga kirişning pulli rejimi hozirça bir oy uçun möljallaganini, keyinçalik natijasiga qarab iş tutilişini bildirgan.
Yanvar oyida esa pulli kiriş 31 martgaça davom etişi belgilangandi, lekin yana keyingi 8 oy davomida ham odamlar boğ hududiga pul tölab kirib kelişdi.

















