Soğliqni saqlaş vazirligi 4 iyun kuni Toşkent şahrida qayd etilgan ovqatdan zaharlaniş holati böyiça ma'lumot berdi.

«Joriy yil 4 iyun kuni soat 17:00dan 6 iyun soat 12:00ga qadar Soğliqni saqlaş vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekşiriş instituti klinikasiga 11 nafar, şahar 5-son yuqumli kasalliklar şifoxonasiga 3 nafar va 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonasiga 1 nafar bemor köngil aynişi, qayt qiliş, boş oğrişi, umumiy holsizlaniş, iç ketişi, oşqozon sohasida oğriq, tana harorati kötarilişi kabi şikoyatlar bilan murojaat qilgan. Ular tibbiy körikdan ötkazilib, «Ovqat toksikoinfeksiyasi» birlamçi taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan. Bemorlardan 3 nafarining ahvoli oğir, qolganlariniki örtaça oğirlikda.

Şifoxonada bemorlardan laboratoriya tahlillari uçun tegişli barça namunalar olinib, malakali şifokorlar tomonidan sifatli tibbiy xizmat körsatilmoqda. Dori-darmon zaxiralari yetarli darajada.

Mazkur holat böyiça ötkazilgan birlamçi epidemiologik tekşiruv natijasida quyidagilar aniqlandi:

Bemorlarning 11 nafari kasalliklarini Sergeli tumani, Yangi Qöyliq köçasi, 7-b uyda joylaşgan, 4 nafari Sergeli tumani Sergeli-8 mavzesida joylaşgan «Oqtepa lavaş» umumiy ovqatlaniş şoxobçalarida tayyorlangan tovuqli sendviçni iste'mol qilganliklari bilan boğlaşmoqda.

«GRAND AZIA PLUS» MÇJga qaraşli «Oqtepa lavaş» umumiy ovqatlaniş şoxobçasida qisqa muddatli tekşiruv ötkaziş uçun Özbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakili nomiga Toşkent şahar DSENM tomonidan 2019 yil 6 iyundagi 07-11/4388-sonli ma'lumotnoma körib çiqiş va xulosa oliş uçun berildi.

Poytaxtimizda yuz bergan uşbu holat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligining alohida nazorati taşkil etildi. Vazirlik tomonidan yuzaga kelgan epidemik vaziyat joyiga çiqib örganilib, bemorlarga va mutaxassislarga öz vaqtida har jihatdan amaliy yordam körsatilmoqda», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi jamoatçilik bilan aloqalar bölimining Kun.uz’ga bergan xabarida.