Sport | 16:46 / 10.08.2024
11197
1 daqiqa o‘qiladi

Parij-2024. Akbar Jo‘rayev O‘zbekiston delegatsiyasiga birinchi kumush medalni keltirdi

Tokio Olimpiadasida -109 kg vaznda chempion bo‘lgan Jo‘rayev bu safar -102 kg vazn toifasida ishtirok etdi va xitoylik raqibidan so‘ng 2-o‘rinni egalladi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida og‘ir atletika bahslari ham bo‘lib o‘tdi. 

-102 kg vaznda o‘tgan bellashuvlarda Akbar Jo‘rayev jami 404 kg natija bilan 2-o‘rinni egalladi. -109 kg vaznda Tokio Olimpiadasi chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik atlet dast ko‘tarishda 185 kg, siltab ko‘tarishda 219 kg tosh ko‘tardi. 

Xitoylik Liu Huan 406 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bronza neytral maqomida qatnashgan Yevgeniy Tixonsovga (402) nasib etdi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining Parijdagi medallari 9 taga yetdi — 5 oltin, 1 kumush va 3 bronza.

Mavzuga oid