Sirdaryo viloyati hokimi örinbosari Murodilla Yoquboviç Eşmatov Xalq bankiga yangi rais etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Murodilla Eşmatov 1969 yilda Qaşqadaryo viloyati, Şahrisabz tumanida tuğilgan. 1991 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini tamomlagan.
U 1995 yildan Markaziy bank tizimida faoliyat körsatgan. 2005-16 yillarda Markaziy bank raisi örinbosari bölgan, 2016 yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
Eslatib ötamiz, Xalq bankining avvalgi raisi Abdurasul Abdullayev mart oyi oxirida Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari — «Özbekçorvanasl» agentligi direktori etib tayinlangandi.

















