Pedagog Şokir Tursunning aytişiça, ta’lim mazmuniga hokimiyat hamda kuçişlatar tizimning aralaşuvini oqlab bölmaydi, bu bolalar psixologiyasiga salbiy ta’sir körsatadi. Siyosiy tahlilçi Hamid Sodiqqa köra, muammoning asosi boşqaruvçilarning vakolati töğri taqsimlanmagani bilan boğliq. “Kuçişlatar tizimlar kuçli bölgani uçun ularga özi bilan teng hokimiyat kerak. Kuçli parlament bölmaydigan bölsa, “pogon”lilarni tiyib bölmaydi”, deydi u Kun.uz'ga bergan intervyusida.

Ötgan haftalarda Andijon maktablarida qiziq voqealar bölib ötdi. Avvaliga viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov taşabbusi bilan 20 ga yaqin maktab bitiruvçilari dars hisobidan 3 kunlik armiyaga yuborildi. Keyinroq Xöjaobod tumanida “qizil toifada” deb e’lon qilingan maktab öquvçilari IIB boşliği bilan “suhbat”ga olib borildi.

Har ikkala holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi. Şulardan kelib çiqib, Kun.uz ta’lim sohasining bugungi holati bilan boğliq ayrim masalalarni muhokama qiliş uçun ta’lim sohasi eksperti, pedagog Şokir Tursun va siyosiy tahlilçi Hamid Sodiq bilan suhbatlaşdi.

– Dastlab Xöjaobodda öquvçilarning “qizil toifa”ga ajratilgani böyiça munosabatingizni söramoqçiman. Şokir aka, öquvçilar “qizil toifa”ga ajratilganini bolalar ombudsmani qoralab çiqdi. Siz ta’lim sohasi eksperti sifatida vaziyatga qanday qaraysiz, maktab öquvçilari bilan IIB boşliği huzurida suhbat ötkazilişi qançalik töğri?

Şokir Tursun: Oldindan aytişim kerak, nima bölgan taqdirda ham [buning] ta’lim jarayoniga ta’siri salbiy. Endi salbiyligining darajasini ölçaş mumkin. Buni ölçaş uçun vaziyatning ba’zi bir tafsilotlari kerak böladi. Buning uçun savollar berişimiz kerak. Özi bu uçraşuv qaçon sodir böldi, ya’ni kunning qaysi qismida? Bolalar darsdan olindimi yoki olinmadimi? Bolalar darsdan olingan bölsa, qaysi darsdan olindi-yu, ular nima bilimdan qolib ketdi? Ularga bu qoplab beriladimi?

Ikkinçisi – bu aytilayotgan “qizil toifa” nima özi? Yana qanday toifalar bor: sariq, qizil, qora bormi? Bu “qizil toifa” oxirgisimi yoki undan keyin yana bormi? Keyin birinçi bolalarning yuzi oçiq holatda tarqatildi, Bolalar ombudsmanining talabi bilan keyin yopib qöyişdi. Ungaça [surat] tarqaladigan joylarga tarqalib ulgurdi: bu bitiruvçi yoki yuqori sinf öquvçilari ekani körinib turibdi. Endi ularning örtoqlari, mahalladoşlari yoki qarindoşlari “qizil toifa”da ekaniga qanday munosabatda bölişyapti? Mana şu savollarimizga aniq javoblar bölsa, biz uning salbiylik darajasini ölçab berişimiz mumkin.

Özi oxirgi payt ta’lim tizimiga pedagogikani bilmaydiganlar, pedagogika sohasiga yaqin yölamaganlarning aralaşişi juda köpayib ketdi. Bilmayman, nega ta’lim (Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi) bunga yöl qöyib beryapti. Hattoki, öşa vaziyatga ham qattiq munosabat bildirmadi, göyoki boşqalarning aralaşuviga xayrixohdek tutyapti özini. Özining vazifalarini boşqalarga berib qöyişdan xursand bölayotgandek körinyapti.

Qöpol qilib aytganda, davlatimizda içki işlar tizimi baribir kuçişlatar tizim sifatida köriladi. Ularning qölida hokimiyat bor, buyruq beroladi va bergan buyruğini bajartira oladi. Bu bolalarning psixologiyasiga salbiy ta’sir körsatadi. Ayniqsa, rasmlarda körgan bölsangiz, rahbar ötiribdi, u öquvçi esa turib suhbatlaşyapti. Bu degani u yerdagi suhbat bosim ostida bölyapti. Agar döstona suhbat bölganida hamma ötirgan bölardi: javob berayotgan ham, savol berayotganlar ham. Birinçi körgandayoq nega bu bola tik turib javob berayotgani e’tiborimni tortgandi. Özi bu suhbat neççida böldi, nima gaplarni gaplaşişdi, “qizil toifa”dagi öquvçilarga taalluqli emas, bu mening işim deyişyapti, lekin uning işi bölgani uçun öquvçilarni yiğib olib, alohida-alohida muammoni hal qiliş nimaga kerak? Bolaning psixologiyasi, ularda qoladigan travmalar haqida kam öylaymiz. Umuman ta’lim tizimimizning özida bolaning psixologiyasi bilan işlaş juda oqsaydi. Maktablarda psixologlar yetişmaydi, malakali psixologlarimiz bölganida balki içki işlarga örin qoldirmasdi, ruxsat bermasdi. Özi ruxsat bermasligi kerak deb hisoblayman.

Agar hukm sifatida aytadigan bölsak, mening, umuman pedagogikaning qaraşi böyiça biror kuçişlatar tizimi ma’lum bir öquvçilarni xonaga yiğib olib, özi töriga çiqib olgan holatda bolalar bilan bosimli suhbat ötkazişi notöğri va buni heç narsa bilan oqlab bölmaydi.

– Hamid aka, rasmiy xabarda bu bolalar qaysi xususiyatiga köra “qizil toifa”ga ajratilganiga izoh berilmagan. Siz nima deb öylaysiz, bu voqeada qaysi jihatlar siyosiy tahlilçi sifatida sizning e’tiboringizni tortdi?

Hamid Sodiq: Özi biz uçun bu qandaydir yangilik bölmasligi mumkin, çunki ildizlarini paypaslab köriş imkoniyatimiz bor. Bu hokimiyat vakolatlarining tubdan notöğri taqsimlanganidan vujudga keladi. Ya’ni buning boşidan mana şunday muammolar yotadi, saylovdagi kamçiliklar bilan. Agar hokimiyat qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi, sud hokimiyati konkret Konstitutsiyada körsatilganidek taqsimlanmas ekan, mana şunday muammolar kelib çiqaveradi. Bu yondoş yoki yonboş muammolar deyiladi. Ya’ni bu qanday kelib çiqadi?

Deylik, sektorlarga böliş bor. Sektorlarga bölingan vaqtda bu qaysidir ma’noda öşa hududdagi qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi, sud hokimiyatlari vazifasini 4 ta sektorga bölib berişdek gap. Bu yerda vakolatlar aralaşib ketadi. Hattoki, siz öşa vaziyatni borib örganib, içki işlar xodimlari bilan gaplaşadigan bölsangiz, u bitta maktabda bir yilda 50 dan ortiq jinoyat sodir bölganini aytadi, şunday jinoyatlarni hatto keltiradi, siz töğri qilayotganini bildirasiz. Elektron sigaretdan narkotik moddalarini çekişdan tortib, jinsiy zöravonlikkaça bölgan “delo”larni taxlab taşlaydi.

Lekin bu oqlaş emas. Bu boşidan hokimiyat vakolatlarining aralaşib ketgani sabab böladi. Ya’ni bu masalani kuçli parlament hal qiladi. Hozir içki işlar idoralari xodimlari bilan bunday voqealar köp böladi va ularga ta’sir körsatiş imkoniyati yöq. Xalq töğridan töğri içki işlar xodimlariga ta’sir ötkaza olmaydi, u özining vakiliga ta’sir körsatoladi. Deputatiga aytadiki, bizda şunday muammo bor, sen şu muammoni hokimiyatga olib çiq deydi. Kuçişlatar tizimlar kuçli bölgani uçun ularga özi bilan teng hokimiyat kerak. Tasavvur qiling, hozir Vazirlar Mahkamasi bilan parlamentni mutlaqo tenglaştirib bölmaydi. Vazirlar Mahkamasida butun resurslar qölida: kuçişlatiş, pul, inson resurslarining hammasi ularda.

Kuçli parlament bölmaydigan bölsa, “pogon”lilarni tiyib bölmaydi. U isbotlab qöyadi nima uçun bunday qilayotganini. Demak, bu – birinçi masala. Ikkinçi masala şundaki, qonun nima uçun kerak degan savol bor?

Intervyuning töliq şaklini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.

Dilşoda Şomirzayeva suhbatlaşdi,
Tasvirçi Mirvohid Mirrahimov,
Montaj ustasi Şohruzbek Abdurayimov.