Prezident Şavkat Mirziyoyev 18 oktabr kuni “ToşkentboşplanLITI” davlat unitar korxonasiga borib, Toşkent şahrining 2045 yilgaça bölgan Boş rejasi loyihasi bilan tanişdi.

“Toşkent – azim poytaxtimiz, mamlakatimizning eng katta şahri. 5 yilda investitsiyaga, tadbirkorlarga şaroit yaratdik, yangi uylar, zamonaviy inşootlar qurildi. Bu ham kerak. Endi kelajakni öylab, strategiyani aniq belgilab olmasak, 10 yildan keyin şaharda yaşaş qiyin bölib ketadi. Qöşimça bosimni infratuzilma kötarmaydi. Endi xato qilişga haqimiz yöq. Xalq uçun yaratilişi kerak bölgan qulayliklarni hisobga olib, loyihani 50 yil oldin töğri qilmasak, şaharning arxitekturasi ham, iqtisodiyoti ham, ekologiyasi ham bölmaydi”, – dedi prezident.

Bugungi kunda Toşkent şahrining hududi 43 ming gektar, aholi soni 3 millionga yaqinlaşgan. Infratuzilma tarmoqlariga yuklama ortgan. Transportlar ham kun sayin köpayib, yöl harakati qiyinlaşib bormoqda. Çang, tutun ekologiyaga salbiy ta’sir körsatmoqda.

Şundan kelib çiqib, prezident poytaxtning me’moriy qiyofasini saqlab qoliş, kelgusidagi qurilişlarni şahar taşqarisida qiliş vazifasini qöygan edi. Xususan, ötgan yili “Yangi Özbekiston” boğining oçiliş marosimida hamda toşkentlik saylovçilar bilan uçraşuvda bu borada konsepsiya tayyorlanayotgani aytilgan edi.

“ToşkentboşplanLITI” korxonasida çet ellik (aynan qaysi mamlakat va kompaniya mutaxassislari ekani oçiqlanmadi) va mahalliy loyihaçilar 2 yil davomida işlaşdi. Aholining ösişi, transport va muhandislik tarmoqlari, iqlim özgarişlari tahlil qilinib, şu asosida transport tugunlari va aholi punktlarini rivojlantiriş strategiyasi işlab çiqildi. Şavkat Mirziyoyevga şu strategiya haqida axborot berildi.

Rasmiy xabarga köra, strategiyada quyidagilar közda tutilmoqda:

  • Toşkent şahri kadastri raqamlaştirilib, hududlarning toifasi oçiq-oşkora qayd etib qöyiladi. Aholi öz mahallasi yoki tadbirkorlar biznes oçmoqçi bölgan yerining qanday hududda joylaşganini internet orqali bemalol körişi mumkin böladi.