«Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga ötiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» Özbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori 2020 yil fevral oyida rasmiy matbuotda naşr etilgandi.
Unga köra, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, suğurta taşkilotlari va yirik soliq tölovçilar toifasiga kiritilgan yuridik şaxslar 2021 yil 1 yanvardan boşlab, buxgalteriya hisobi yuritilişini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida taşkil etadi va 2021 yil yakunlaridan boşlab, moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaşga ötadi.
Qarorda asosiy maqsad - xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta'minlaş va xalqaro moliya bozorlariga kiriş imkoniyatlarini kengaytiriş, deb belgilangan.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) nima uçun kerak va ular nimalardan iborat?
Investorlar va boşqa moliyaviy axborotdan foydalanuvçilar (masalan, davlat organlari, kasaba uyuşmalari, biznes-şeriklar va h.k.) özlarini qiziqtirgan taşkilot haqidagi ma'lumotdan manfaatdor böladi. Bu manfaat esa ularning iqtisodiy, investitsion va huquqiy qaror çiqarişlari zaruratidan kelib çiqadi.
Misol uçun, ular aksiyador kiritgan mablağlari qançalik foyda keltirişi, biznes mulki qançalik ösgani, qarzdorlik holati qanday ahvoldaligi kabi savollar bilan qiziqişlari tabiiy. Undan taşqari, salohiyatli investor biror biznesga mablağ kiritiş yoki kiritmaslik haqidagi qarorini yaxşilab baholaşga urinadi, bunda u taşkilotni iş yuritayotgan tarmoqdagi boşqa şirkatlar bilan soliştirib körişiga töğri keladi. Buning uçun mazkur taşkilotning iqtisodiy, mulkiy va moliyaviy holati va ötgan davr faoliyati natijalari haqidagi raqamli va tuşuntiriş matnlaridan iborat hisobotga zarurat tuğiladi. Aynan şu zaruratni ta'minlaş maqsadida, markazi Londonda joylaşgan Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlar kengaşi uşbu hisobot andozalarini işlab çiqqan.
Hisobot standartlari moliyaviy ma'lumotlarga oid axborotni qanday mezonlarga köra tan oliş, ularni baholaş, tasniflaş, ifodalaş haqidagi qoidalarni öz içiga oladi. Ularning ba'zilarini aytib ötamiz: MHXS (IAS) 1 «Moliyaviy hisobot körinişlari», MHXS (IAS) 2 «Zaxiralar», MHXS (IAS) 16 «Asosiy vositalar», MHXS (IFRS) 15 «Xaridorlar şartnomalaridan olingan savdo tuşumlari», MHXS (IFRS) 16 «Ijara», MHXS (IAS) 41 «Qişloq xöjaligi», MHXS (IFRS) 9 «Moliyaviy instrumentlar»
















