Jamiyat | 19:40 / 06.03.2020
15044
2 daqiqa o‘qiladi

Talabalarni o‘qishdan chetlatish holatlari ko‘paymoqda. Vazirlik izoh berdi

Asosan 1-2-kurs talabalarining o‘qishdan chetlashtirilish holatlari ko‘p kuzatilyapti.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi Bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov talabalarning o‘qishdan chetlashtirish darajasi oshib borayotgani haqida ma'lumot berdi.

«2016 yilgacha talabalar deyarli kursdan kursga qolmagan. Bu ko‘rsatkich 0,3 – 0,4 foiz atrofida bo‘lgan. Bugungi kunda 2-3 foizni ko‘rsatyapti.

Daraja o‘z-o‘zidan oshib boraveradi, chunki sifatli kadrlarga talab kuchaymoqda. Oliy ta'lim tizimi to‘liq isloh qilinish jarayonida. E'tibor bersangiz, OTMga qabul tizimi yengillashtirilmoqda. Oliygohni tugatish esa murakkablashib boraveradi. Bitiruvchilar soni kamayib ketaveradi.

Asosan 1-2-bosqich talabalarining o‘qishdan chetlashtirilish holatlari ko‘p kuzatilmoqda», – dedi Xoliqov 6 mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Uning aytishicha, oliy ta'limda kadrlarni tayyorlashda ish beruvchining talabiga katta e'tibor beriladi.

«Ish beruvchiga bugun diplomli talaba kerakmi yoki har tomonlama salohiyatga ega malakali mutaxassis kerakmi? Shu jihatlarni chuqur o‘rganishimiz kerak. Faqat topshiriq bersa bajaradigan emas, muammoli vaziyatlarda salohiyati bilan chiqib keta oladigan kadrlar zarur», – deydi Bosh boshqarma boshlig‘i.

Mavzuga oid