«Oliy ta'lim muassasalarida bir hafta davomida davomat körsatkiçini tahlil qildik.
Kunduzgi ta'limda 350 ming nafar talaba tahsil oladi. Bir kunlik davomat 96,3 foizni taşkil qildi. Albatta, bu juda yuqori körsatkiç. Afsuski, bir kunda 3,7 foiz yoki 13 ming nafar talaba darsga qatnaşmayapti.
Öylab köring: talaba darsga qatnaşmasdan nima bilan şuğullanyapti? Kim javob beradi bunga? Nima uçun Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi bunga javob berişi kerak? Bu raqam hammani taşvişlantirişi lozim va u kiçik raqam emas. Bitta OTMda bir kunda umuman dars bölmagan, deb hisoblaş mumkin», – dedi Xoliqov 6 mart kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida.
Ta'kidlanişiça, OTMlar ötayotgan kredit-modul tizimida davomat emas, bilim tekşiriladi. Bu esa malakali kadrlarga bölgan ehtiyojni qondiriş imkonini berişi aytilmoqda.
Hozirda kredit-modul tizimi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti va Toşkent davlat agrar universitetida joriy etilgan. Kelgusida 85ta OTMda uşbu tizim tatbiq etiladi.
Talabalarni öqişdan çetlatiş holatlari köpaymoqda. Vazirlik izoh berdi












