20:28 / 08.10.2021
11673

“Navoiyazot” Zarafshon daryosiga xavfli moddalar oqizgani aniqlandi. Ko‘plab baliqlar nobud bo‘lgan

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi

“Navoiyazot” AJ tomonidan Zarafshon daryosiga hayot uchun xavfli bo‘lgan moddalar oqizilgan, oqibatda daryo suvi zaharlanib, ko‘plab baliqlar nobud bo‘lgan. Ekologiya qo‘mitasi bu holatni noinsoflik deya baholadi.

Qo‘mita matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, korxonaga qarashli 267-quduqdan daryoga hayot uchun xavfli moddalar chiqarilgan.

Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan Zarafshon daryosining Karmana tumanidan oqib o‘tuvchi qismining 5 ta nuqtasidan tahlil namunalari olib, tekshirib ko‘rilgan.

Natijada daryo suvida azot ammoniy belgilangan me'yorlardan 21 marotaba, azot nitrat 2,6 marotaba, azot nitrit 60 marotaba, xloridlar 1,3 marotaba, mis ionlari 2,1 marotaba yuqoriligi hamda daryoda yoppasiga zaharlanish yuzaga kelgani aniqlangan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi
Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi
Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi

Hozirda holat yuzasidan dastlabki o‘rganish-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Top