Monopollar, proteksionizm va lobbistlar parvozi. Iqtisodiyotdagi ofatlar haqida
|20:30 / 03.07.201929 31825 min
Bozor iqtisodiyotining talabi şundayki, resurs va imkoniyatlardan foydalaniş imkoni, ya'ni faoliyat maydoni hammaga teng bölişi kerak. Yakkahokimlikka heç kimning haqqi yöq. Aholi ehtiyoji uçun zarur bölgan mahsulotlar faqat ayrim guruhlar qölida töplanib, ular uçun mömay daromad manbaiga aylanib qolganini adolatdan deb bölmaydi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev
Ba'zi bir korxonalarga imtiyozlar beriş orqali özimiz erkin raqobat muhitini böğib, narxlarning barqaror bölişiga salbiy ta'sir körsatmoqdamiz. Endi biz bunday amaliyotdan voz keçamiz. Imtiyozni rökaç qilib, eng muhim faoliyat turlarini töla monopoliya qilib olişga mutlaqo yöl qöyilmaydi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev
Men kelajak bilan qiziqaman, çunki qolgan umrimni unda yaşayman, mendan keyin bolalarim yaşaydi. Şu davlatning fuqarosi, şu elning dilbandi ekanmiz, bizdan keyin farzandlarimiz şu makonda yaşar ekan, mamlakatimiz taqdiriga, uning siyosati, iqtisodi, ma'naviyati va madaniyati taqdiriga befarq bölolmaymiz, befarq bölmasligimiz ham kerak.
Bugungi gapimiz iqtisoddagi bir ofat haqida...
«Xalqaro valuta fondi ma'lumotlariga köra, aholi jon boşiga töğri keladigan yalpi içki mahsulot hajmi böyiça Özbekiston dunyo reytingida 187 mamlakat orasida 134-örinda turibdi. Vaholanki, Özbekiston juda boy tabiiy resurslarga, katta iqtisodiy salohiyatga ega bölgan davlat...» – bu gaplarni Şavkat Mirziyoyev aytgandir.
Nega yerosti va yerusti boyliklari yöq, yeri biznikining yarmiça kelmaydigan, guruçdan boşqa narsa ösmaydigan, aholisi esa Özbekistonnikidan ikki barobar köp bölgan Koreya Respublikasi dunyoning iqtisodiyoti kuçli davlatlaridan biri bölib turibdi?
Nega bir parça yeri ham suv ostiga ketib borayotgan, yiliga 3000 marta yer qimirlaydigan Yaponiya öz xalqini yuksak farovonlikka eriştira oldi, yaponlarning bir yilda faqat ta'limga ajratadigan mablaği – 167 milliard dollar – Özbekiston davlati va xalqining tört yillik budjetiga va yalpi içki mahsulotiga barobar?
Hamma yerosti-yerusti boyliklariga ega, iqlimi gözal, yerlari hosildor, xalqi mehnatkaş Özbekiston iqtisodi sovetlar zulmidan ozod bölgaç, mustaqillikning çorak asrida ham tiklanmasa, qaçon önglanadi?
Mavzuga oid
Nima uçun özimizni «asta-sekin böladi-da», «islohotlar jadal ketmoqda», «bosqiçma-bosqiç rivojlanmoqda» deb ovutamiz?!
Nega islohotlar amalga oşmayapti?
Nima qiliş kerak?
Bu savollar hammamizni öylantiradi va öylantirişi kerak, axir.
Mutaxassislar öz yöliga, biz kabi kuyunçak fuqarolar ham fikrimizni aytaylik, yaxlit bir xalq bölib, öylaylik.
Boş sabablardan biri bölgan korrupsiyani aytdik. Unga qarşi qonunlar çiqarildi, kuraş e'lon qilindi. Endi harakat kerak. Söz köp bölmoqda, endi amal lozim.
Iqtisodni izdan çiqargan omillarning ikkinçisi – monopolizm (korrupsiyaning asosiy manbasi ham monopoliyadir), monopolizmga yöl bergan narsa proteksionizm va lobbizmdir. Oddiyroq tilga ötsak, buning luğatda ikki ma'nosi bor: biri niqob – «biror davlatning öz milliy iqtisodini çet el raqobatidan himoya qilişga qaratilgan iqtisodiy siyosati», ikkinçisi mohiyat – «oşna-oğaynigarçilik, taniş-bilişni qöllab-quvvatlaş».
Hozirgi iqtisodimizni öylasam, bolalarimni ona kökragidan ajratişda çekkan taşvişlarimiz keladi. Bola ona sutini uzoği bilan uç yil emişi kerak, keyin özi ovqatlanişi, tişlari bilan suyaklarni kemirişi, jağlari bilan taomni yançib, yuta olişi kerak. Kökrakka örgangan bola öz barmoğini sörişga moyil böladi, şuning uçun qöliga qölqopça kiydirib qöyiladi, emçakdan ajralsin deb garmdori surtib qöyişadi, onasini körsa, emiş esiga tuşmasin deb xolasi yo ammasinikiga beş-ön kunga berib yuboriladi... Ona kökragidan ajraliş gödakka oğir. Lekin voyaga ham yetiş kerak.
Bizning «Özbekiston havo yöllari», «Özavtosanoat», «Özfarmsanoat», singari önlab davlat monopolistlarimiz, ulardan zeb olgan «Dori-darmon», «Artel», «Imzo», «Amilov» kabi minglab katta va kiçik monopolistlarimiz ana şu ona kökragidan ajralişni istamayotgan, ön beş-yigirma yildan beri budjetni, töğriroği, soliq tölovçilarni, ya'ni har birimizni «emib kelayotgan» gödaklardir. Gödak onadan ajratilgaç, özi non topib yeyişga örgangani kabi, bu monopoliyalarning imtiyozlari olib taşlansa, ular bozor iqtisodiga kiradi, raqobatga örganadi, raqobatçilar köpaysa, narx tuşadi va xalqqa farovonlik keladi. Bizni öqiyotgan öquvçi har zamonda: «Buni biz ham bilamiz», deb qöyadi, lekin amalga oşiriş yöq. Buni öquvçi va talaba ham tuşunadi. Lekin amalga oşiriş yillar böyi paysalga solinmoqda.
Taqdirda bölsa, hali monopolistlarning har biri haqida alohida maqola yozamiz.
Qisqasi, masalan, «Özbekiston havo yöllari» uçoqlarida Turkiyaga, Rossiyaga, Misrga yoki Dubayga uçiş narxi xuddi şu yurtlarga Qozoğistondan yo Qirğizistondan uçişga qaraganda ikki barobar qimmat. Nega? Arzonga çipta sotsa, kompaniya bankrot bölar emiş. Axir, öşa, masalan, Istanbuldan Çimkentga uçayotgan xorijiy kompaniya samolyoti Istanbuldan Toşkentgaça ham şunça masofaga uçadi, şunga yaraşa yonilği sarflaydi, öşança odam oladi. Tabiiyki, zarar qilsa, uçmasdi. Foyda qiladi! Bizning monopolist kompaniyamiz benzin örniga qaymoq solib uçmasa kerak?! Samolyotlari ham öşa samolyot – «Airbus» yoki «Boeing». Xuddi öşa xorijiy aviakompaniya ham Istanbuldan Toşkentga çiptasini qimmatga sotadi. Sababi – u arzonga sotsa, hamma arzon samolyotda uçadi, bizning «Özbekiston havo yöllari» samolyotlariga birov çiqmay qöyadi. Yurtga kiradigan kompaniyalarga, bizning 28 yoşida ham «ona sutidan ajralmagan» monopolist gödagimiz uçoqlari narxiday qilib narxni kötarişga rozi bölmasa, kirişga izn berilmaydi.
Soliştiraylik, bizning bitta kompaniyamiz bor, Qozoğistonda 21ta aviakompaniya bor, bizda barmoq bilan sanarli kompaniyalar samolyotlari kira oladi, Qozoğistonda 33ta çet el aviakompaniyasi faoliyat olib boradi, aholi soni 17,9 million kişi bölgan qozoq yurtida havo transporti orqali taşilgan yillik yölovçilar soni 5,6 million, ya'ni aholimiz 33 million bölgan biznikida 46 foiz köproq. Qozoğistonning YaIM 159 milliard AQŞ dollari, Özbekistonniki – 48 milliard AQŞ dollaridir.
Uzoqroqdan namuna keltirsak, masalan, Osiyoning törtinçi iqtisodiyoti bölgan Janubiy Koreyada milliy va xususiy aviakompaniyalar 12ta bölib, bu yerga uçadigan çet el aviakompaniyalari soni 56ta, samolyotda yiliga 28 million kişi taşilgan. Bozor iqtisodi şunga olib keldiki, Koreya YaIM 1,5 trillion AQŞ dollaridir.
Bu yutuqlar, jumladan, iqtisod monopoliyadan çiqarilgani şarofatidir bu. Bizda bir hovuç odam işlaydigan «Özbekiston havo yöllari», «GM Uzbekistan» kabi kompaniyalar manfaati uçun butun bir xalq zarar köradi. Maşinani uç barobar, samolyot çiptasini ikki barobar qimmatga oladi. Yana bu davlat xalqning manfaati uçun faoliyat yuritayotganiga işongisi keladi.
Nega çiptalarini ikki-uç barobar qimmat sotayotgan kompaniya yana zarar keltiradi. Taxminlarimiz bor. 27 yil hukm surgan korrupsiya şaroitida samolyotlar öz narxidan qimmatga olingan, «şapka», «otkat» degan gaplar osmondan olinmagan. Endi bu samolyotlar öz resursidan ikki barobar köp uçişi kerak yoki çipta narxi ikki barobar köp bölişga majbur. Bunday va şu kabi nozik tafsilotlardan xabardor bölgan «Özbekiston havo yöllari»ning uzoq yillik rahbari, Moskvadan soppa-soğ qamoqqa olinib, samolyotning mahsulot aynimaydigan muzxonasida Toşkentga keltirilgan va köp ötmay öpkasi şişib vafot etgan Arslon Rözmetov tirik bölsa, balkim aytardi. Ötganga salovot, lekin endi monopoliyani tugatişga kim xalaqit beradi?! Axir, Prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasi milliy aviatsiyasini tubdan takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonni imzoladi va bu kompaniyani monopoliyadan çiqariş, aeroportlarni xususiylaştiriş, mamlakatga kam budjetli aviakompaniyalarni (Lowcoster carriers, LCC) jalb qiliş haqida qarorlar çiqardilar-ku?!
«Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi raisi birinçi örinbosari Umid Husanov 2018 yil boşida yil oxirigaça milliy kam budjetli aviakompaniya taşkil etiş böyiça işlar yakuniga yetişini ma'lum qilgandi. Mana, 2019 yil iyuli ham keldi. Lekin kam budjetli yangi aviakompaniya taşkil etiş uyoqda tursin, bu yönalişda qanday işlar qilinayotgani haqida ham heç qanday rasmiy xabar berilmayapti. Eng yomoni, «Özbekiston havo yöllari»ning mutlaq monopoliyasi 27 yildan buyon davom etib kelmoqda.
Buyuk Britaniyaning barça mamlakatlar aviakompaniyalari va aeroportlarining xizmat körsatiş sifatini baholaydigan «Skytrax» sayti «Özbekiston havo yöllari»ning yölovçilarga xizmat körsatiş darajasini tahlil qilişiça, köpçilik çet ellik yölovçilarning aviakompaniyamiz haqidagi fikrlari öta salbiy va bu uning hozirgi holatiga mosdir. Bu monopoliya iqtisodga ham, xalqqa ham zarar keltirmoqda.
Haqiqiy bozor şaroiti bölganda, kompaniya raqobat ta'sirida yanada rivojlanadi, raqobatbardoşligi oşadi, mijozlar tanlaş imkoniyatiga ega böladi, hamyonbop narxlarda aviaçiptalar sotib oladi, qolaversa, turizm rivojlanadi, yana budjet foyda köradi. Nahotki, barçaga ayon haqiqatlar niyatligiça qolaveradi?!
Aviatorlar va avtomobilçilarimizdan örnak olib, boşqa talabgorlar ham çiqmoqda. «Özeltexsanoat» AK ham imtiyozlarni oliş va monopolist böliş harakatiga kirişdi. Hukumatga qaror loyihasini kiritdi, unga köra, jismoniy şaxslar uçun mahsulotni bojsiz olib kiriş qoidalari kuçaytirildi. Aslida inson çet elga borsa, öziga zarur aşyolarni bemalol olişi kerak. 2018 yildan boşlab fuqarolar avtomobil yöllari (piyodalar) ötkaziş punkti orqali – 1 oylik interval bilan umumiy qiymati 300 dollargaça bölgan, temir yöl va daryo ötkaziş punktlari orqali – 1 oylik interval bilan umumiy qiymati 1 ming AQŞ dollarigaça miqdorda bittadan maişiy texnika va oşxona idiş-tovoqlari töplamini Özbekistonga tölovsiz olib kiriş huquqiga ega. Monopolist uşbu vaqt oraliğini 6 oyga oşirişni rejalaştirdi.
«Özeltexsanoat» avtomobil sanoatidan ham surbetroq çiqdi, tayyor elektrotexnika mahsuloti importidan tuşgan bojxona tölovlari va aksizlarning umumiy hajmidan 60 foiz miqdordagi mablağni Elektrotexnika sanoatini rivojlantiriş jamğarmasiga yönaltirişni taklif qildi.
Iqtisodimiz navbatdagi şunday monopolistga bardoş bera oladimi?
Bizning aholi uçun bunday işlab çiqariş kerakmi?
Xöş, maişiy texnika olib kirişga çeklovlar nega joriy etildi? Gap şundaki, bizda özimizning televizor, gaz plitalari, muzlatgiçlar, çangyutarlar va hokazolar işlab çiqaruvçi «Artel» degan monopolist korxonalarimiz tizimi bor. Uning öz «yaraliş tarixi» bor. Öşa davrda mamlakatga xorijdan maişiy texnika olib kirişga ham, avtomobil olib kirişga ham 50-70 foizlik tölovlar joriy etila boşlangandi. 200 dollarlik televizorni olib kirsang, 350 dollarga tuşardi. Foyda qöşib sotilsa, 400 dollarga sotilardi. Holbuki, agar mahalliy işlab çiqaruvçi çet eldan butlovçi qismlarni olib kirsa, tölov oz yoki umuman tölovdan ozod qilingandi. «Oqil» işbilarmonlar angladiki, öşa 200 dollarlik televizorlar içini qutisidan ajratib, «butlovçi qism» sifatida olib kirsa, içkarida qaytadan «yiğsa», «Özbekistonda işlab çiqarilgan» degan tamğa bilan 300-350 dollarga sotsa böladi. Albatta, davlat budjeti çegarada oladigan tölov tuşmasligidan ön milliardlab zarar köradi, ammo ön millionlab televizorlar, çangyutgiçlar, muzlatgiçlarni içkarida yiğib, sotganlar yuz-yuz ellik milliardlab dollarni çöntakka ura oladi. Öşa «Samsung» yoki «LG» olib kirilsa, bozorda 400-450 dollarga sotiladi, xuddi şuni «Artel»da yiğilganining narxi 300-350 dollarga teng böladi va xalq çegara yopiq holatda «arzon» olganiga şod böladi.
Şavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgaç, qöşni davlatlar bilan çegaralar oçilib, bordi-keldilar boşlandi. Xalq bilib qoldiki, şu televizorlar, çangyutgiçlar va boşqa maişiy texnikalar çet davlatlarda ikki-uç barobar arzon ekan. Köplab olib kira boşlaşdi. Içki monopolist darrov tegişli amaldorlar va idoralar orqali maişiy texnika olib kiriş yölini berkitdi. Öttiz millionli xalq yana maişiy texnikani ikki barobariga olişga majbur.
Masalan, monopolist «GM Uzbekistan» 2017 yilda 135,5 ming dona avtomobil işlab çiqargan. Sohadagi örtaça iş haqi 300 dollar ekvivalentida ekanini hisobga olsak, kompaniyada işga haq tölaş fondi taxminan 100 million dollar ekvivalentga teng. Bu sohada 14 mingga yaqin kişi iş bilan ta'minlangan. Mamlakatda 6-7 million atrofida işsiz bor, Rossiyada 2,5 million yurtdoşimiz işlaydi. 10-15 ming kişi işsiz qoladi deb, bankrot zavodni uşlab turiş kimga kerak?!
Prezident «Şu zavodni yopib yuborsak, foyda bölardi», deganda nimani nazarda tutgan? Hozir bu zavodning dunyoda 8000 dollar turadigan maşinasini biz, özbeklar, 16 000 dollarga xarid qilyapmiz. Taşqaridan maşina kirmagani, «butlovçi qismlar» kirgani uçun davlat budjetiga tölov tuşmaydi. Korxona foyda olsa, aksiyadorlari köradi. U aslida bankrot holatidadir.
Deylik, şu zavodimiz bölmasa, şu 130 ming maşinani çetdan 8000 dollardan olib kirsak, hozirgidek 50-70 foiz emas, 10 foiz tölov joriy etsak ham, budjetga 1 milliard dollardan ziyod tuşum tuşadi. Bundan taşqari, yengil avtomobillar importidan QQSdan davlat budjetiga tuşadigan mablağlar 200 million dollarni taşkil etadi. Davlat budjetidan «Özavtosanoat» AK barça xodimlariga iş haqini avtomobillarni işlab çiqarmagani uçun töla hajmda kompensatsiya qilib beriş mumkin.
Afsuski, hozirça bu monopolist hukumatga yaqin vaqt içida çet elda işlab çiqarilgan maşinalarni Özbekistonga olib kirganlik uçun boj tölovlari qiymatini pasaytiriş, bozorni monopoliyadan çiqarib, raqobat muhitini yaratişga imkon bermayapti.
Biz maşinalarni, televizorlarni boşqa maişiy texnikalarni import qilingan butlovçi qismlardan yiğamiz va dunyo narxidan ikki barobar qimmatga sotamiz, lekin zavod va fabrikalarimiz bankrot holatida. Dunyoda xuddi şu butlovçi qismlardan maşinalar va maişiy texnikani yiğişadi va bizdan ikki barobar arzon sotişadi va foyda körişadi! Dunyo aviakompaniyalari biznikiday yoqilği yoqadi va şu samolyotlarni tasarruf qiladi, çiptasini biznikining yarim narxida sotadi hamda foyda köradi! Bizning aviakompaniyamiz dunyodagi aviakompaniyalarniki kabi yonilğida va ularniki kabi samolyotlarda uçamiz va çiptalarimiz dunyo narxlaridan ikki barobar qimmat, lekin bizning aviakompaniya bankrot holatida... Bu qanaqa iqtisod, birodarlar?!
Boşqa turli davlatlarda ham şu qismlardan maşina yiğiladi va ular raqobatbardoşlidir, ularning maşinasi biznikidan arzon. Nega bizning avtozavodniki qimmatga tuşadi?! Balkim, bizning avtozavod işçilariga Yaponiya, Koreya yoki Turkiya zavodinikidan köp maoş tölar? Yöq, ularning maoşining beşdan birini ham bermaydi! Balkim, u yerlarda elektr energiyasi, ijara haqi, yer qiymati, soliqlar biznikidan qimmatdir? Yöq, bizda bular beş-ön barobar arzon! Balkim, bizning avtozavodimiz ulardan köproq soliq tölar? Yöq, bizning avtozavodimiz yillar davomida deyarli barça soliqlardan ozod qilingan.
Unda nega şunça xarajati bilan ularning avtomobili arzon, şunça imtiyozlar bilan bizniki qimmatga tuşadi?!
Buning boş sababi tizimning samarasizligi va korrupsiyalaşganidir. Korrupsiyaning sababi esa monopoliyaning mavjudligi va yasama proteksionizmdir. Mahsulot qiymatini pasaytiriş uçun xarajatlarni kamaytiriş, yangi texnologiyalar kiritiş va boşqa çoralar köriş örniga har gal narx oşiriladi, ya'ni zavodning muammolari xalq hisobidan hal etiladi. Xalq boşqa arzon maşina olaman desa, yöliga tösiqlar barpo etiladi, ya'ni «mahalliy işlab çiqaruvçi himoyalanadi».
Zavodimiz bölmay, çet el avtomobillarini bemalol olsak, xalqda tanlov bölardi va arzon olardi. Davlatga ham bu zavoddan foyda yöq, çunki çetga sotgan maşinalarining valutasiga yangi maşinalari uçun butlovçi qism oladi. Soliq ham tölamaydi — ozod qilingan. Moliyaviy ahvoli oğir bölgani uçun davlat dividend ham ololmaydi. Qolaversa, kiradigan avtomobillarga bojlar miqdori kamaytirilsa, xalq ön minglab maşina olib kirardi va ulardan budjetga yuz millionlab valuta tuşgan bölardi.
Agar «avtomobilsozligimiz faxri»dan biror foyda bölsa, buni hali biz yoruğlikka olib çiqolmayotgan bir guruh şaxslar köradi. «Iş örinlari yaratildi», deyişlari mumkin. Bu zavod bölmasa, keladigan foydaga bundan yuz barobar köp iş örinlari yaratiş mumkin.
Nima qiliş kerak?
Kimdir yana boşqa zavodlar qurilsa, yaponlar yo nemislar zavodlari kelsa, raqobat böladi, deb öylaydi. Zavodlar önta bölsa ham, imtiyozlar saqlansa, önta zavod ham şu bitta kabi işlayverişi mumkin. Maşina olib kiriş uçun bojxona tölovlarini mö'tadillaştiriş kerak. Toki xaridor yoki sotuvçi olib kiriş va sotişdan foyda olsin. Şunda xaridor tanlab, maqbul maşinani maqbul narxda oladi. Bu mavjud zavodlarni xarajatlarni kamaytirişga, sifatni yaxşilaşga, assortimentni köpaytirişga, raqobatga bardoşli bölişga undaydi. Davlat budjeti olib kirilayotgan avtomobillar uçun boj tölovlaridan yuz millionlab dollar mablağga ega böladi.
Çorak asr mobaynida körsatilgan «milliy işlab çiqaruvçiga ğamxörlik»dan monopolistlar raqobatbardoş bölib qolmadi va yana yuz yil şu yösinda davom etsa, özgarmaydi. Faqat aşaddiy, oşkora va halol raqobat rivojlanişga majbur qiladi.
Yetar endi, deyilişiga qaramasdan, monopolist guruhlar «yana bir yil yo ikki yil onamni emib, özimni tutib olay» deb tamşanadigan gödak kabi qolaveradi, faroğat holini saqlanib qolişi uçun lobbistlik nolişlarini töxtatişmaydi.
Mana, yana bir xabar: «Özbekiston temir yöllari» AJ Prezident Qarori loyihasini havola etibdi. Unga köra, yangi «Premium Uzbekistan» qöşma korxonasi quriladi va u 2024 yil 1 yanvargaça barça soliqlardan va yagona ijtimoiy tölovdan ozod etilişi kerak emiş.
Unutmaslik kerakki, kimdir soliqdan ozod etilar ekan, bu barçamizga yuk bölib tuşadi. Çunki soliqlar davlat budjetini taşkil qiladi. Şu budjetdan keksalar-u nogironlar nafaqa oladi, ta'lim va tibbiyot ta'minlanadi. Kimdir va kimlardir soliqdan ozod etilar ekan, budjet yuki ozod etilmaganlarga – hammamizga tuşadi.
Nima deb öylaysiz, «Premium Uzbekistan» korxonasi qanday xayrli faoliyat yuritadiki, soliqdan ozod böladi? Saraton kasaliga qarşi emlov ötkazadimi? Nogironlarga aravaça yasaydimi? Yöq! Mana, u nima bilan şuğullanadi: «sönggi avlod ilğor texnologiyalaridan foydalangan holda «Lyuks» toifadagi spirtdan yuksak sifatli aroq mahsulotlarini quyiş» uning vazifasidir! Lobbistlarning yuksak parvozidan darak bu. Ofarin! Savollar tuğiladi: «Özbekiston temir yöllari»ning aroqqa nima aloqasi bor? Nega soha emas, alohida muayyan korxona soliq imtiyozi oladi? Uning ortida kim turibdi? Aroq şundoq ham xaridorgir bölsa, uning işlab çiqaruvçisini qöllab-quvvatlaş nega kerak? Qolaversa, aholisining aksariyati musulmon bölgan yurtda davlat içkilikbozlik qöllab-quvvatlanişini qanday tuşuniş mumkin?!
Yoki «Özçarmsanoat» bilan boğliq sönggi xabarlarni olaylik. Bu uyuşma çet eldan keltiriladigan oyoq kiyimiga ham «davlat bojini 10 foizdan 30 foizgaça oşiriş» va «mahalliy poyabzal işlab çiqaruvçilarga soliq imtiyozlari beriş» taklifi bilan çiqdi-yu bloger hamkasbimiz mohiyatini oçdi: «Iqtisodni va qonunçilikni xohlagan yölga solişga urinişyapti. Hammasining niyati soqqa. Özbekistonda soqqadan boşqa oliy maqsad yöq. Soqqa, soqqa, soqqa...». Boşqa bir bloger singlimizning fikri: «Sifatli tuflilar, lodoçkalar, bosonojkalar – xullas, yaxşi poyabzal kiyiş huquqimizga zarba berişmoqçi! Boj oşsa, sifatli poyabzal narxi yanada qimmatlaşadi. Qaçongaça özimizning bir yilga yetmay poşnasi uzilib, oğzi oçiladigan oyoq kiyimlarda yuramiz? Qaçongaça lobbistlar foydasiga xalq pul tölayveradi? Özimizda sifatli oyoq kiyim çiqarişni örganişsin avval, keyin çetdan keladigan sifatli tovarning yölini tösişsin. Har bir ayol gözal, sifatli poyabzal kiyişga haqli. Raqobatsiz yengişga örgangan mahalliy lobbistlarga esa uyat, uyat!»
Agar imtiyozlar bölişi va davom etişi kerak bölsa, qaysi sohani va qaysi milliy işlab çiqaruvçini himoya qiliş kerakligini, imtiyoz beriş kerakligini belgilaydigan şaxslar bölişi lozim böladi. Bu esa korrupsiyaga yöl oçadi. Kerakli odamlar zarur yöllar bilan qölga olinadi. Erkin Vohidov satridagiday: «Tillo aytar – sotib olaman, qiliç aytar – tortib olaman!»
Alal-oqibat, amalda davlatdan imtiyozlar undirişning özi alohida biznesga va korrupsiya sxemasiga aylanadi. Lobbistlar davlatni şantaj qiladi: agar mahalliy işlab çiqaruvçi himoya qilinmasa, «işçi örinlari yöq böladi», «işsizlik köpayadi», «korxona bankrot böladi», «olgan kreditlar va kiritilgan sarmoyalar qaytarilişi kerak», «ğalla mustaqilligi», «sanoat xavfsizligi» lozim va hokazo.
«Milliy işlab çiqaruvçini himoya qiliş» niqobi ostidagi proteksionizm bozor iqtisodining asoslariga putur yetkazadi va uning ne'matlarini yöqqa çiqaradi: sifatli çet el mahsulotiga import tariflarini oşiriş orqali xalqni «özimizniki» bölgan sifatsiz mahsulotni qimmatga olişga majburlaş nafaqat noinsoniylik, balkim xalqni qaşşoqlaştiriş va bu orqali xarid qobiliyatini pasaytirişning sababidir, bu boji oşirilgan çet el mahsuloti ham, içki mahsulot ham qimmatlaşuviga olib keladi. Aholining daromadi pasayadi, import boji oşişi mahsulotni qonuniy olib kirişni norentabel qilgani uçun kontrabandani köpaytiradi, mahsulotiga boj oşirilgan davlatlar bilan munosabatga rahna soladi va bizga javoban şunga monand çoralar körilişiga olib keladi.
Monopolistlar iqtisodni isloh qilişga qarşi turgan, real bozor iqtisodi joriy etilişiga monelik qilayotgan bir mamlakatda monopoliyaga qarşi qömita va idoralar bormi, bor bölsa ular nima bilan maşğul ekanini bilişni istaydi inson.
Islohotlarga işonç tuman içiga botib bormoqda. Yana «özimizga xos-özimizga mos taraqqiyot yöli» boşlanmasin. Umidlarimiz bor.
Imtiyozlar bozor iqtisodini barham toptiradi, bozor mexanizmlari işlaşiga yöl bermaydi, korrupsiyani kuçaytiradi, aksariyat elni qaşşoqlik domiga taşlaydi va islohotlarni samarasiz qiladi.
Jahon banki guruhiga kiradigan Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) Özbekistonning xususiy sektorlarini har tomonlama tahlil qilib taşxis qöyar ekan, monopoliyalarga barham berişni va buning barobarida «sohalardagi muayyan çoralarni umumiqtisodiy islohotlar bilan qöşib olib boriş»ni tavsiya qildi. Bu islohotlardan umidvor xalqimizning istagiga mos keladi.
Karim BAHRIYeV
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.