Kun.uz «Qişloqda bir kun» ruknida Sayot qişloğidagi oilalardan birining turmuşi haqida hikoya qiladi.
Najmiddin Kubro mahallasi tabiiy gaz tarmoğidan uzilgan, odamlar rözğorda suyultirilgan gazdan foydalanişmoqda. Uyni isitiş uçun esa kömir, ötin va tappi yoqilyapti.
Köplab oilalarda asosan bir xona isitilib, oilaning barça a'zolari şu xonada uxlaşadi.
Xursand Madaminov va Nasiba Xöjayeva oilasi 6 yildan beri şu mahallada istiqomat qiladi. Ularning 4 farzandi bor.

Nasiba Xöjayevaning aytişiça, suyultirilgan gaz töldirilgan ballon 30 kunda bir marta beriladi, lekin u 1 oyga yetmaydi. Gaz tugagaç, öçoqda ovqat qilinadi.
Mahallada içimlik suvi tarmoği ham yöq. Odamlar yer ostining iste'molga yaroqsiz, sifatsiz suvidan foydalanişga majbur.
Oilaning daromadi juda kam. Xursand Madaminov közi ojiz; 526 ming söm nafaqa oladi. Nasiba Xöjayeva 180 ming söm miqdorida 14 yoşgaça bolalari bor oilalarga beriladigan nafaqa puli olyapti. Kiçkina bolasi borligi sababli işlay olmaydi.
Oilaning kiçik tomorqasi bor. U yerda 25–30 tup olça ekilgan. Yozda mevalarini sotib, rözğorga pul qilişadi.
Xiva tumani hokimligi bergan ma'lumotga köra, Najmiddin Kubro mahallasi Vazirlar Mahkamasining «Xorazm viloyati iste'molçilarini yoqilği-energetika resurslari bilan ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 193-sonli qaroriga asosan, tabiiy gaz tarmoğidan ajratilgan.
«Mahalla belgilangan reja-grafik asosida suyultirilgan gaz ballon bilan uzluksiz ta'minlanmoqda», – deyiladi hokimlik axborotida.
«Xorazm suv ta'minoti» Xiva tuman bölimi ma'lumotiga köra, Xorazm viloyati aholisini içimlik suvi va oqova suv xizmatlarini yaxşilaş böyiça 2021–2023 yillar uçun «yöl xaritasi» tuzilgan bölib, 2021 yilning 2-çoragida Najmiddin Kubro mahallasiga içimlik suvi tarmoğini tortiş boşlanadi.
Mahalla ahli eng oddiy maişiy qulayliklardan yana biri – tabiiy gaz tarmoğiga ulab berişlarini ham iltimos qilmoqda.
















