Abdusoli aka Farğona tumanining adirlik yon bağridagi Qörğontepa qişloği Bekat mahallasida yaşaydi. Qişloq aholisi çorvaçilik va dehqonçilik bilan şuğullanadi.

62 yoşli Abdusoli akaning uyida mehmon bölib oilaning yaşaş şaroiti bilan tanişdik. Oila boşliği farzandlari va özi işlagan zavod haqida sözlab berdi.

«Maktabni tamomlagaç «uçilişeda» öqidim. Söng «armiyaga» ketdim. Germaniyada xizmat qildim. Armiyadan qaytib 1980 yilda Qapçuğay qişloğidagi temir-beton zavodiga işga kirdim. 2020 yilda nafaqaga çiqdim. Allohga şukr, hamma narsamiz yetarli. Hayot yaxşilikda ötyapti.

4 öğil va 1 qizim bor. Yaratganga şukr. Hammasini uyli-joyli qildik. Endilikda özlari tirikçiliklarini qilişyapti. Uyda ham «svarşçiklik» qilib turaman. Qoramollarimiz bor. Tirikçilik ötyapti».  

Qişloqqa içimlik suvi yetib kelmagan, tabiiy gaz yöqligidan aholi kömir va ötin yoqib qiş çiqarar ekan. Abdusoli aka bir paytlar uyida suruv-suruv qöylar boqqan. Daştlar özlaştirilgandan keyin çorva boqiş imkoniyati çeklanib odamlar avvalgidek mol-qöy boqmay qöygan.

«Tepaga» çiqib içimlik suvini olib kelamiz. Ötin kömir qilib qişni çiqaryapmiz. Yerimiz bor, yozda ekin-tikin bilan ovora bölamiz. Suv omboridan böşagan yerda makkajöxori ekamiz. Makkaxöxori hosilini keçroq yiğiştirib olganimiz uçun sötaning oldi qismi pişib orqa tomoni esa yaxşi pişmay qoladi. «Töni»ni qayirib mixga osib qöysak yaxşi quriydi...

Qöy boqişga avvallari şaroit yaxşi bölgan-da. Daşt yerlar ham sekin-asta özlaştirilib köpçilik avvalgidek çorva qilmay qöydi. Çorvalarimizni boqiş uçun qirğizlarga berib yuborar edik. Çegarada tartib özgargani uçun çorva boqişda imkoniyatimiz çeklandi.