Sessiyada iştirok etayotgan prezident Şavkat Mirziyoyev yöl qöyilgan kamçiliklar, tuman iqtisodiy körsatkiçlari yaxşilanmagani, topişiriqlarni bajarmagani uçun Uyçi tumanining törtta sektor rahbari - tumanga 2018 yil avgustidan buyon hokimlik qilib kelayotgan Muhammadayubxöja Apaqov, şuningdek, tuman prokurori Uluğbek Nomanov, içki işlar bölimi boşliği Avazbek Xöjaxonov va davlat soliq inspeksiyasi boşliği Adhamjon Mahmudovni işdan olişga körsatma berdi.
Prezident Uyçi tumanidagi vaziyatni «respublika va Namangandagi» eng oğiri deb atagan. Tumanga yoş mutaxassislarni rahbar qilib tayinlaş vazifasi berilgan.
«Ularning örniga iş beradigan ğayratli, yoş kadrlarni qöyasan», deya viloyat hokimiga topşiriq bergan Şavkat Mirziyoyev.
Lavozimidan ozod qilingan mutasaddilarning iş faoliyati taftiş qilinib, javobgarlikka tortilişi masalasi körib çiqilişi ham aytib ötilgan.
Sessiya davomida davlat rahbari tomonidan Çust tumani 4ta sektor rahbarlariga Çust tajribasi sifatida iş taşkil etiş topşiriği berildi. Sektor rahbarlari 6 oydan keyin hisobot berişi aytib ötildi. 4ta sektor rahbari 6 oy mobaynida özgariş qilişga va'da berdi.
- Eslatib ötamiz, fevral oyi boşida prezidentning Farğona viloyatiga taşrifi doirasida Quva tumani va Farğona şahrida ham törtta sektor rahbarlari işdan olingandi.












