Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi «Tuni Iroq» mahallasida joylaşgan 15-örta maktabning 5-sinf va undan yuqori sinf öquvçilari 29 sentabr, yakşanba dam oliş kuni paxtaga çiqarilgani haqida Repost.uz xabar berdi.

Foto: Repost.uz

Naşr xabarida 15-maktabning kamida 13 nafar öquvçilari Taytal qişloği yaqinidagi «Alinoz Şergiron» va «Barno Bahrom» fermer xöjaligi dalalarida paxtaga olib çiqilgani, bu işning barçasining boşida tuman hokimi Yöldoş Jumayev turgani ta'kidlangan.

Keyinroq, Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati mazkur voqeaga öz rasmiy munosabatini bildirdi.

Unga köra, Repost.uz xabarida keltirilgan holatlar maxsus işçi guruhi tomonidan dastlabki örganilgan va xabarda tilga olingan jihatlar uydirmadan boşqa narsa emasligi ma'lum qilingan.

Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmatining rasmiy bayonotida Kogon tuman hokimligi, Kogon tumanidagi 15-maktab direktori Jamol Saidov, viloyat xalq ta'limi boşqarmasi boşliği Amirillo Safarov va Kogon tuman xalq ta'limi bölimi mudiri Bahron Qurbonov masala yuzasidan öz fikrlarini bayon etib, xabar uydirma ekanligini ta'kidlab ötişgan.

Kun.uz muxbirlari Kogon tumanidagi «Tuni Iroq» MFYda joylaşgan 15-maktabda bölib masalaga oydinlik kiritişga harakat qilişdi. Biz borganimizda viloyat hokimligi matbuot kotibi O.Jörayev va bir neça jurnalistlar va mas'ul rahbarlar maktab hududida ekan.

15-örta maktab direktori J.Saidov 2011 yilda qurilgan yangi maktabda 670 nafar bola ikki smenada öqişini ta'kidlab, 5-11 sinf öquvçilari soni 400 nafarligini aytib ötdi. «Agar maktab tomonidan yoppa paxtaga çiqqanida suratlarda 4-5 ta bolakay emas, kamida yuzlab bola paxta dalasida bölardi», dedi direktor. Şuningdek, direktorga köra, Repost.uz xabarida suratlari e'lon qilingan bolalarning hammasi ham uşbu maktabda öqimasligini aytdi.