Toşkent şahrida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisi bölib ötmoqda. Unda 97 nafar senator va 150 nafar deputatlar iştirok etyapti.
Kun.uz muxbiri xabariga köra, qöşma majlisda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, ma'ruza qilmoqda.
«Mana, gaz-neft böyiça neçta rahbar özgarib ketayotganini özingizlar köryapsizlar. Neft-gaz böyiça bironta bilimli, salohiyatli odam yöq, desak töğri böladi. Yöq, kadrlar masalasi böyiça heç kim şuğullanmagan.
Şuning uçun yer osti boyliklarimiz, xalqimiz bizdan kutgan natijalarni... şunça boyligimiz bölib, odamlarimizga salgina sovuq bölsa elektr öçişlari, gaz yetişmovçiliklari hozirgi oddiy holatga aylanib bölgan, lekin bu meni juda katta taşvişga solyapti va agar şu masalalarni joy-joyiga qöymas ekanmiz, ertaga iqtisodiy barqarorlikka erişiş juda qiyin böladi. Negaki, yoqilği-energetika sohasisiz sanoatni rivojlantiriş mumkin emas.
Mana, kamida 4,5 mlrd kVt/s elektr energiyani import qilyapmiz. Bu yil juda katta marra oldik - Özbekiston şaroitida birinçi marta 73 mlrd kVt/s elektr energiyani ta'minlaş böyiça. Bu juda katta marra, bunday marrani biron marta amalga oşira olmaganmiz», - deydi davlat rahbari.
Bundan oldin, prezident Özbekistondagi eng muammoli sohani ma'lum qilgandi.

















