«Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilinişi lozim bölgan şaxslar — Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Bu haqda 13 may kuni «Özbekiston 24» telekanali xabar berdi. Qonun Senatning 11 may kungi yalpi majlisida ma'qullangan edi.

Qonunda u rasman e'lon qilingan kundan boşlab kuçga kirişi belgilangan.

Hujjat bilan «propiska» sözi muomaladan çiqarilmoqda. Uning örniga «röyxatga oliş» atamasi kiritildi.

Fuqarolarga nafaqat birinçi va ikkinçi darajadagi qarindoşlari yaşab turgan manzilga, balki ularning egaligida bölgan uy-joy maydoniga ham doimiy röyxatga turiş imkoniyati berildi.

Er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yaşaş şarti va bir yil içida nikoh bekor qilingan taqdirda propiska yöqotişiga doir qoidalar bekor qilindi.

Şuningdek, yangi oilalar nikohdan ötgan kunning özida yaşaş joyi böyiça doimiy röyxatga ötiş huquqiga ega böldi.

Endilikda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalar tutingan ota-onaning doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olinadi.

Davlat hokimiyati organlarida, davlat va xöjalik boşqaruvi organlarida hamda boşqa davlat taşkilotlarida uzluksiz 5 yil va undan ortiq bölgan davr mobaynida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar (texnik, xizmat körsatuvçi va işlab çiqariş xodimlaridan taşqari) tegişli organ yoki taşkilot rahbarining ma'lumotnomasiga köra, şuningdek, ularning oila a'zolariga doimiy röyxatga turiş imkoniyati berildi.

Oliy Majlis palatalari, Özbekiston Respublikasi prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud Özbekiston Respublikasi prezidenti bilan kelişilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar hamda davlat hokimiyati organlariga, davlat va xöjalik boşqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boşqa davlat taşkilotlariga işga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar, şuningdek, ularning oila a'zolari belgilangan tartibda doimiy propiska qilingandan söng, ular boşqa işga ötişi yoki lavozimdan ozod etilişi yaşaş joyi böyiça doimiy röyxatdan çiqarilişga olib kelişiga oid qoida çiqarib taşlandi.

Eslatib ötamiz, 22 aprel kuni propiska tizimi islohotiga doir prezident farmoni ham