«Aziz tiktokerlar, ijodingizga omad tilaymiz! Biz doim sizlar bilan birgamiz. Hozir qilayotgan, körsatayotgan videolaringiz kimlar uçundir yengil-yelpi körinayotgandir. Lekin bu sizlarning yoşingiz kategoriyasi. Biroz ulğayganingiz sari yaxşiroq, jiddiyroq videolar olasizlar. Lekin hozirdan sizlarni qöllab-quvvatlasak, öylaymanki, olgan klip va materiallaringiz dunyoga çiqadi. Zotan, dunyoga çiqib ham böldingiz», dedi hokim öz sözida.

Tadbirda yilning eng iqtidorli TikTok’çisi, eng tez ösuvçi akkaunt, eng köp tomoşa qilingan video, musiqali TikTok, eng köp obunaçiga ega TikTok’çi, yil çellenji, yil xeştegi kabi 12 yönalişda ğolib bölgan yoşlar taqdirlandi.

Bloger Ozodbek Mannopovning aytişiça, TikTok va Instagram tarmoqlari örtasida katta farq mavjud.

«Biz asosan Instagram’da faoliyat olib boramiz. Bugun özimizga öxşagan ijodkorlarni körib tajriba almaşyapmiz.

Moskva va Yevropada TikTok judayam ommalaşgan. Mening hozirda TikTok’da 150 mingga yaqin, Instagram’da 300 mingga yaqin obunaçilarim bor.

TikTok Instagram’dan ança farq qiladi. Unda asosan musiqalarga işlanadi. Duet qilinadi, raqsga tuşiladi. Instagram boşqa narsa. Şuning uçun TikTok’dan ozgina çetroqda yurişga harakat qilamiz. Menimça, TikTok’ni çeklab turiş kerak. Çunki unda çegara yöq. Instagram‘da esa çegara bor. Misol uçun, unda baçkana narsa qilinsa, körişlar soni kam böladi yoki odamlar negativ fikrlar bildirişadi. TikTok’ka esa duç kelgan narsa kirib ketaveradi. Odamlar layk yiğiş uçun hamma narsa qilib körişmoqda», dedi tadbir iştirokçisi Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida.