Qizlar römol va döppida maktabga kelişi mumkin. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov ayni damda ötkazilayotgan oçiq muloqot vaqtida ma'lum qildi.
Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov boşçiligida 2021-2022 öquv yili taşkil etilişiga bağişlangan oçiq muloqot bölib ötmoqda. Unda aytilişiça, yangi öquv yilida maktab öquvçilariga milliy römol va döppida bölişga ruxsat berildi.
“Har doim yangi öquv yili oldidan muhokamalarga, gap-sözlarga sabab böladi bu masala. Davlat rahbari Öqituvçi-murabbiylar kuniga bağişlangan yiğilişda “Bitta öğil bolani öqitsangiz bir insonga ta'lim bergan bölasiz, bitta qiz bolani öqitsangiz, butun oilani öqitgan bölasiz” deya özligimizni anglaş, milliy urf-odatlar yuzasidan taşabbus körsatdi. Şu munosabat bilan yangi öquv yilida yangilik qilmoqçimiz. Köpçilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, milliy qadriyatlarimizni inobatga olgan holda, qizlarimiz uçun istisno tariqasida maktabda oq va oçiq ranglarda milliy römol (boşning orqa tomoniga öralgan holatda) va döppida bölişlariga ruxsat etiladi”, deya ma'lum qildi vazir.
Vazirning sözlariga köra, bundan közlangan maqsad – qizlarni öqitişga e'tiborni kuçaytiriş hisoblanadi.
“Bu istisno boşqaça talqin qilinib, boşqa tus olmasin. Buning tagida maqsad bor. Qizlarimizni öqitişimiz kerak. Oliy ta'lim muassasalariga kiriş böyiça qizlar orasida past körsatkiç kuzatilayotgan hududlarda bu muammoni hal qilişga e'tibor qaratiş kerak”

















