Andijon viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi saqlaş vazirligi Andijon şahrida şifokorlarning notöğri taşxisi tufayli homilador ayolning vafot etganiga munosabat bildirdi. Bu holat haqida Kun.uz 9 sentabr kuni xabar bergan edi.

SSBning 10 sentabr kuni ma’lum qilişiça, bu haqdagi xabardan keyin holat töliq nazoratga olinib, vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida maxsus işçi guruh tomonidan tezkor örganiş işlari ötkazilgan.

“Yöl qöyilgan xato va kamçiliklarga huquqiy baho beriş taqozo qilingani sababli ekspertlarning dastlabki xulosalari hamda tegişli hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi. Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilyapti”, – deyiladi boşqarma axborotida.

Bu voqeada, Andijon şahar perinatal markaziga köriçak bilan oğrib murojaat qilgan 26 yoşli, 8 oylik homilador ayolni şifokorlar tölğoq keltiruvçi ukol yordamida tuğdirib olişgan. Şifokorlardan biri uning turmuş örtoğiga ayolida kuçli sehr borligini, tezda çalpak va holvaytar qilib tarqatmasa, ayoli ölişi mumkinligini aytgan. Ayolning yaqinlariga köra, şundan keyin uning ahvoli yomonlaşgan va köriçak yorilişi oqibatida vafot etgan – şifokorlar bemorning köriçak bölganini tuğuruqdan keyin bilib qolişgan.