Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat to‘ylar bo‘yicha bir qarorga keldi
Foto: doca-tours.com
Xalqimizning milliy urf-odatlari, hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, senatorlar to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni ixcham, kamxarj va dabdabasiz o‘tkazish bo‘yicha qarorga keldi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi ikkinchi ish kunida ishtirok etayotgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Qayd etilishicha, xalqimiz xohish-irodasi to‘y-hasham va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishga muayyan me'yoriy hujjat bilan emas, odamlar o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot, shaxsiy ibrat, namunali tadbirlar misolida erishish har jihatdan foydali ekanini ko‘rsatgan.
Senatorlarning fikricha, oilaviy tadbirlarni milliy qadriyatlar asosida, kamxarj, dabdabalardan xoli o‘tkazishni keng jamoatchilik va har bir inson ongli ravishda anglab yetmog‘i lozim.
Avvalroq, to‘ylarni kamxarj o‘tkazishda odamlarni san'atkorlarga to‘lanadigan haq eng ko‘p qiynayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
16:42 / 05.02.2026
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi
09:47 / 20.12.2025
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
18:17 / 18.12.2025