16 aprel kuni Toşkent viloyat prokuraturasi Toşkent tumanidagi 26-örta maktab direktori 173 million sömni talon-toroj qilganlikda gumonlanayotgani haqida xabar tarqatdi.

Prokuratura xabarida maktab direktorining ayol kişi ekani, ismining boş harflari, şuningdek, deputat ekani aytiladi. Keyinçalik bu yangilik boşqa ommaviy axborot vositalari, xususan Kun.uz saytida ham yoritildi.

Şundan söng maktab direktori Saida Hoşimova Kun.uz'ga murojaat qilib, jinoyat işi ayrim şaxslarning ğarazli maqsadlarini amalga oşiriş uçun atayin uyuştirilgani va tergov organi tayinlagan taftiş noxolis ötkazilgani haqida gapirib berdi.

«Hammasi maktab oldidagi qurilişga qarşilik qilganimdan keyin boşlandi»

— 20 yildan beri xalq ta'limi tizimida faoliyat yuritib kelaman. Şundan 8 yil turli maktablarda direktor vazifasida faoliyat yuritganman.

Tumanda rus maktablar köp emas. Bizning maktab ham rus maktab bölgani sababli köplab tumanlardan öquvçilar kelişadi. Maktabda 1500 dan ziyod öquvçi tahsil olmoqda.

Maktab direktori Saida Hoşimova

2020 yil maktab yölining bir qismida va maktab darvozasi oldida quriliş bölişidan xabar topdik. Yerni tadbirkorlar auksion orqali sotib olgan ekan. Şundan söng men Toşkent tumani hokimiga quriliş joyini özgartiriş böyiça bir neça bor murojaat qildim.

Tadbirkor quriliş işlarini boşlab yubordi. Bu qurilişlar ota-onalarning öz farzandlarini maktabga olib kelib, olib ketişlarida maşaqqat tuğdira boşladi. Şundan söng men bu qurilişga qarşilik qildim. Hammasi ana şundan keyin boşlandi.