Rossiyaning Ukrainaga bosqinini faol tarğib qilayotgan rossiyalik xonandalardan biri Grigoriy Leps şu yilning 23 oktyabr kuni Toşkentdagi “Xalqlar döstligi” san’at saroyida konsert berişni rejalaştirmoqda. Özbekistonlik bir guruh faollar ijtimoiy tarmoqlarda bu konsert dasturini bekor qilişni talab qilmoqda. Ayni paytda iTicket.uz sayti konsert uçun çiptalar sotuvini davom ettirmoqda.

Lepsning Qozoğistonda, Olma-ota viloyatidagi Qönayev şahrida 8 iyul kuni ötişi rejalaştirilgan konsert dasturi esa bir muddat avval bekor qilindi. Bunga qozoğistonlik faollarning konsert darsturini ötkazişga nisbatan qarşiligi sabab bölgan.

Rossiyalik xonanda avvalroq Ukraina qurolli kuçlarining yakson etilgan har bir “Leopard” tanki uçun 1 mln rubl mukofot puli va’da qilgan.

Madaniyat va turizm vaziri örinbosari Bahodir Ahmedov Kun.uz muxbirining uruş borasida neytral pozitsiyada ekanini bildirgan Özbekiston rasmiylari nega Z-artistning konserti masalasida neytrallik körsatmayapti, degan savoliga javob berdi. Uning tuşuntirişiça, hamma narsaga çegara tutiş mumkin, ammo san’at – çegarasiz soha.

“Hozir bizga teatr, estrada yönalişi böyiça xonandalar kelyapti. Buni qaysidir davlatlarning bir-biriga bölgan munosabatiga heç qanday boğliqligi yöq. Bu – san’at. Bunda tuşgan mablağlarning uruşga yönaltirilişi böyiça, oçiq aytiş kerak, köp gaplar bölyapti. Menimça, bu gaplar haqiqatdan yiroq.

Konsertlar masalasiga kelsak, biz qaysi davlatdan keladigan san’atkor bölsa, u yaxşi maqsadda kelsa, san’atga xizmat qilaman, san’atning kuçini körsataman, degani bölsa, Özbekiston heç qaysi san’atkorga eşigini yopib, tambalab taşlagani yöq.

Mana, kelyapti, san’atini namoyiş qilyapti, olqişini olyapti, ketyapti. Heç qanaqa narsa yöq. Özbekistonda san’atga heç qanday tösiq yöq. Xudoga ming qatla şukr, tinç yurtda yaşayapmiz.

Mana, turkiy davlatlarning TURKSOY taşkilotidan qança san’atkorlar taşrif buyurdi. Hammasi konsertini qöydi va xalq olqişiga ega bölyapti. Mana, körgazmalarini ötkazişyapti. Yaxşi maqsadda kelgan inson bölsa, Özbekiston – tinç yurt.

Xalqimiz san’atsevar xalq. Anavi ğiybat, fisq-u fasod, pulni qayergadir işlayotgan ekan degan gaplardan yiroq böliş kerak. Bu gaplarni gapirayotganlar şu gaplarni qözğaşga intilayotgan insonlar”, – dedi Bahodir Ahmedov.