Olmazor tumani hokimi örinbosari Abdurasul Vahobov lavozimidan ozod etildi. Bu ma'lumot Kun.uz’ning bir neça manbalari tomonidan tasdiqlandi.

Boş prokuratura matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, Toşkent şahar prokurori tomonidan holat yuzasidan Toşkent şahar hokimi nomiga taqdimnoma kiritilgan, taqdimnoma körib çiqilişi natijasiga köra Vahobov egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Qöşimça qilinişiça, boşqa holatlar yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan qöşimça tekşiriş harakatlari davom etmoqda. Ya'ni, Boş prokuratura şahar prokuraturasining jinoiy iş qözğatişni rad etiş töğrisidagi qarorini bekor qilib, işni qaytadan körib çiqiş böyiça topşiriq bergan.

Öz navbatida, Toşkent şahar hokimligi Vahobovning işdan olingani töğrisidagi ma'lumotni rad etdi va bu haqda tarqalgan xabarlarni miş-miş deb atadi. Avvaliga hokimlikning telegramdagi kanalida bu haqdagi xabarlarga raddiya berildi, köp vaqt ötmasdan bu ma'lumot öçirib yuborildi.

Eslatib ötamiz, Abdurasul Vahobov joriy yilning 14 avgust kuni Kun.uz tahririyati xodimlariga tahdid qilgan edi. Oradan bir kun ötib, Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan A.Vahobovning videointervyusi e'lon qilindi va unda hokim örinbosari Kun.uz muxbiri Rahmatillo Isroilov muqaddam undan tamagirlik yöli bilan yer talab qilgani va buning evaziga katta miqdorda pora taklif etgani haqidagi da'voni ilgari surdi.

Uning mazkur da'vosidan söng Kun.uz zudlik bilan öz içki suriştiruvini ötkazgan, muxbir R.Isroilov öziga nisbatan A.Vahobov ilgari surayotgan ayblovlarni rad etgan edi. Şuningdek, R.Isroilov öziga nisbatan oğir jinoyat sodir etişda ayblab tuhmat qilgani uçun Olmazor tuman hokimi örinbosari A.Vahobovga nisbatan qonuniy çora körişni sörab, Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali Boş prokuraturaga şikoyat yöllagandi.

Biroz oldinroq, Toşkent şahar prokuraturasi Olmazor tuman hokimi örinbosariga jinoyat işi qözğatişni rad etgani