Olmazor tuman hokimi örinbosari A.Vahobov joriy yilning 14 avgust kuni Kun.uz tahririyati xodimlariga tahdid qilgan edi. Oradan bir kun ötib, Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan A.Vahobovning videointervyusi e'lon qilindi va unda hokim örinbosari Kun.uz muxbiri Rahmatillo Isroilov muqaddam undan tamagirlik yöli bilan yer talab qilgani va buning evaziga katta miqdorda pora taklif etgani haqidagi da'voni ilgari surdi.

A.Vahobovning mazkur da'vosidan söng Kun.uz zudlik bilan öz içki suriştiruvini ötkazgan, muxbir R.Isroilov öziga nisbatan A.Vahobov ilgari surayotgan ayblovlarni rad etgan edi. Şuningdek, R.Isroilov öziga nisbatan oğir jinoyat sodir etişda ayblab tuhmat qilgani uçun Olmazor tuman hokimi örinbosari A.Vahobovga nisbatan qonuniy çora körişni sörab, Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali Boş prokuraturaga şikoyat yöllagandi.

Keyinroq, mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilayotgani, uşbu tekşiriş jarayonlari esa Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi tomonidan nazoratga olingani ma'lum qilindi.

Ma'lum bölişiça, joriy yilning 11 sentabr kuni mazkur tergovga qadar tekşiriş harakatlari nihoyasiga yetkazilgan va A.Vahobovning harakatlarida jinoyat alomatlari yöqligi sababli JPKning 83-moddasi ikkinçi bandiga asosan jinoyat işi qözğatişni rad etiş töğrisida qaror qabul qilingan.

Şuningdek, uşbu qarorda ta'kidlanişiça, Olmazor tuman hokimligi tomonidan hokim örinbosari A.Vahobovning xatti-harakatlari qonuniyligi yuzasidan ötkazilgan xizmat tekşiruvi xulosasiga köra, u kasb etikasi va xizmat lavozimi majburiyatlariga töliq rioya qilgan.

Vaholanki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy