Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 may kuni uşbu şonli sana munosabati bilan barpo etilgan Ğalaba boğiga taşrif buyurdi. 

Şavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulçambar qöydi. 

Bu yodgorlik qandaydir badiiy obraz emas, unga hayotda bölgan voqea – mötabar ona va uning oilasi töğrisidagi haqiqat asos qilib olingan. 

Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, yozuvçi Alinazar Egamnazarovning sözlariga köra, Ikkinçi jahon uruşida bir oiladan beş nafar farzand uruşga ketib heç biri qaytmagan oila dunyoda uçta bölib, ikkitasi Belarus va AQŞda, yana biri Toşkent viloyati Zangiota tumanidagi Xonobod qişloğida yaşagan Zulfiya aya Zokirova oilasidir. Ona Ikkinçi jahon uruşida beş öğlidan – Isoqjon, Ahmadjon, Mamajon, Vahobjon, Yusufjon ismli farzandlaridan judo bölgan. Uning tört kelini beva, beş nabirasi yetim bölib qolgan. 

“Biz özbek adiblari Zulfiya Zokirova oldida qarzdormiz. Bu ayol haqida qöşiq, doston yozsa böladi, roman yozsa böladi”, deydi u.

Ötgan yilgi Xotira va qadrlaş kunida prezident Şavkat Mirziyoyev Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan beş öğli, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab muhtaşam haykal örnatiş hamda unga “Matonat madhiyasi” deb nom beriş taklifini bildirgan edi. Bu taşabbusni jamoatçiligimiz qizğin qöllab-quvvatladi. Şu mavzuda maqolalar, şe'rlar va badiiy film yaratildi. 

Bugun uşbu obida Ğalaba boğining markazida qad rostlagan. 

– Bu Özbekistondagi barça onalarga qöyilgan haykal, – dedi Şavkat Mirziyoyev. – Uşbu yodgorlik butun xalqimiz uçun qutluğ ziyoratgohga, oila, muhabbat, vafo va sadoqat timsoliga aylanib qoladi. Bu yerga kelgan yoşlar millatimizning qonida bölgan fazilatlarni anglab, ularni qadrlab yaşaşga intiladi.