O‘zbekistonda charm mahsulotlari savdosiga ixtisoslashtirilgan do‘konlar tashkil etiladi
Prezident “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan respublika hududlarida va xorijiy davlatlarda mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan charm mahsulotlari savdosiga ixtisoslashtirilgan “Multibrand” do‘konlarini tashkil etish va uning elektron savdo platformasini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
“Multibrand” do‘konlarini respublika hududlarida va xorijda tashkil etish hamda uning elektron savdo platformasini yaratish, shuningdek, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi a'zolarining yetakchi elektron savdo platformalarida mahalliy charm mahsulotlarini joylashtirish bo‘yicha xarajatlarini Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirishga rozilik berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zcharmsanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda yangi tashkil etilayotgan “Multibrand” do‘konlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning markaziy shaharlarida aholiga qulay joylarda joylashtirilishini ta'minlaydi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi bilan birgalikda “Multibrand” do‘konlarini xorijiy davlatlarda tashkil etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Toshkent hamda Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining “Oybek-avtoyo‘l” (Toshkent viloyati)
va “Sariosiyo-avtoyo‘l” (Surxondaryo viloyati) chegara o‘tkazish punktlaridan qo‘shni davlat chegarasigacha bo‘lgan joylarda eksperiment tariqasida mahalliy tayyor mahsulotlar savdosiga ixtisoslashtirilgan savdo nuqtalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Ushbu savdo nuqtalarida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar tomonidan realizatsiya qilinadigan hamda qo‘shni davlat hududiga olib chiqilgan tovarlar eksportga tenglashtiriladi.
Mavzuga oid
07:50 / 11.09.2024
426 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni aniqlandi
11:23 / 09.07.2024
Ohangaronda 23 ta yangi charm sanoat korxonasi barpo etiladi
10:27 / 08.07.2024
“Qani SES, qani Soliq?” – Shavkat Umrzoqov poytaxt do‘konlaridan birida “reyd” o‘tkazdi
12:40 / 23.05.2024