UzAuto Motors yangilangan Malibu XL avtomobillarining narxlarini e’lon qildi:

  • Malibu XL 1LT – 334 822 000 söm
  • Malibu XL 2LT – 348 215 000 söm
  • Malibu XL LTZ – 374 108 000 söm

Narxlar QQSsiz körsatilgan.

Qöşilgan qiymat soliğini bilan hisoblaganda, narxlar quyidagiça şakllanadi:

  • Malibu XL 1LT – 375 000 640 söm
  • Malibu XL 2LT – 390 000 800 söm
  • Malibu XL LTZ – 419 000 960 söm

Malibu XL 237 ot kuçiga ega 2,0 litr hajmli turbo dvigatel bilan jihozlangan. Maksimal aylaniş momenti 350 NM. Avtomobil trassasida sedanning yoqilği tejamkorligi 100 kilometrga 6,7 ​​litrgaça yaxşilangan.

Malibu XL tört ğildirakli mustaqil podveskadan foydalanadi, old va orqa rul böğimlari alyuminiydan yasalgan bölib, u quyma temirga qaraganda yengilroq va elastikroq hisoblanadi, bu öz navbatida butun maşinaning oğirligini sezilarli darajada kamaytirişi mumkin.