“Taşabbusli budjet”ning 1-mavsumida jami 1666 ta taşabbus ğolib deb topildi. Ularni amalga oşiriş uçun 1,6 trln söm mablağ yönaltiriladi.
Ğolib deb topilgan loyihalarning katta qismini ijtimoiy soha obektlari, içki yöllarni ta’mirlaş, köça çiroqlari örnatiş, içimlik suvi, tabiiy gaz hamda elektr energiyasi tarmoqlarini tortiş kabi masalalardan iborat.
Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi 21-IDUMda sinf xonalari yetişmas edi. Mahalla aholisi va maktab jamoasi birlaşib, qöşimça öquv binosi quriş böyiça loyiha kiritgandi. Qilingan harakat natijasida mazkur loyiha 8350 ta ovoz töpladi hamda ğolib deb topildi. Maktab jamoasi bu ğalabani öquvçilar bilan birgalikda bayram qilib nişonlaşdi.
Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanidagi Alijon qişloği aholisi ham ğoliblikni katta xursandçilik bilan qarşi olişdi. Mazkur qişloqda 3-6 yoşli bolalar soni 325 nafarni taşkil etadi. Ammo hududda bolalar boğçasi yöq. “Taşabbusli budjet”ga qişloqda bolalar boğçasi quriş böyiça kiritilgan loyiha ğolib böldi. Bu alijonliklar uçun katta natija.
Bunday xursandçiliklar respublikaning köplab hududlarida bölib ötmoqda. Öz hududlaridagi muammoni hal etişda birlaşa olgan odamlar ğalaba quvonçini his qilişyapti.
“Taşabbusli budjet”ning joriy yilgi 1-mavsumida eng köp loyiha Buxoro viloyatidan yutilgan – 173 ta. Namangan (154 ta), Toşkent (152 ta) Samarqand (147 ta), Surxondaryo (147) viloyatlarida ham 150 ga yaqin loyihalar ğolib bölgan. Eng kam ğolib taşabbuslar esa Navoiy (85 ta) va Jizzax (67 ta) viloyatida.
















