Toşkent şahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda Ğafur Ğulom boği örnida yangi turar joylar va biznes markaz qurilişi mumkinligi yuzasidan bildirilgan fikrlarga munosabat bildirdi.

“Yurtdoşlarimizni işontirib aytamizki, uşbu xavfsiraşlar asossiz. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 19.12.2018 yildagi PQ-4067 sonli “Özbekiston Respublikasining 2019 yilga möljallangan investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorining ijrosini ta'minlaş maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 08.09.2019 yildagi 670-sonli farmoyişiga asosan, Toşkent şahar hokimining 15.08.2019 yildagi 1126-sonli qarori qabul qilinib, unga köra Çilonzor tumani, Bunyodkor şoh köçasi 21 manzilida joylaşgan Ğafur Ğulom madaniyat va istirohat boğini 49 yilga BMP Smart Decision Private Limited xorij kompaniyasiga – uni modernizatsiya qiliş va jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy parkni barpo qilişga oid investitsion majburiyat bilan beriş közda tutilgan”, deyiladi poytaxt hokimligi rasmiy veb saytida.
Ma'lum qilinişiça, modernizatsiya loyihasi öz içiga ötgan asrning 80-yillarda örnatilgan eski attraksionlarni yangilariga almaştirişni, şuningdek, boğning yaşil hududini, boğda ösayotgan Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi xatlovidan ötkazilgan daraxtlarga qöşimça ravişda, yangi daraxtlar bilan töldirişni öz içiga oladi. Rekonstruksiyadan keyin boğga kiriş avvalgiday bepulligiça qoladi.
“Jamoatçilikni uşbu loyiha bilan batafsilroq taniştiriş uçun investor vakili bilan uçraşuv taşkil etiladi. Uçraşuv sanasi haqida qöşimça tarzda xabar beramiz”, deyilgan hokimlik tomonidan.

















