Abdulaziz Komilov Afğonistondagi xavfsizlikni ta'minlaş masalasiga töxtaldi.
«AQŞning Afğonistonda mavjudligi mintaqada tinçlikni ta'minlaş, terrorizm va narkotrafik xavfini kamaytiriş imkonini bermoqda.
Afğonistondagi uruş 40 yildan buyon davom etmoqda. Bu vaqt içida ziddiyatning tarkibi ham özgarib ketdi, iştirokçilar köp bor almaşdi, Afğonistondan taşqarida bölgan turli manfaatlarga ega bölgan tomonlar vaziyatga aralaşdi. Bu mojaroga birgina hujjat imzolaş bilan barham berib bölmaydi. Tinçlikka erişiş jarayoni uzoq davom etişi mumkin.
Avvalambor, vaziyatga tinç yöl bilan yeçim topiş muhim ahamiyatga ega. Sababi, bu bizning manfaatlarimizga, davlatning milliy xavfsizlik manfaatlariga aloqador. Özbekiston şu paytgaça juda köp iş qildi. Aytiş mumkinki, mamlakat uşbu barça jarayonning bir qismiga aylandi», deya Özbekiston taşqi işlar vazirining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
U Özbekiston AQŞning Afğoniston siyosatiga yuqori baho berişini ta'kidladi.
«Turli izohlarga qaramay, AQŞning iştiroki köp yillar davomida vaziyatni barqarorlaştiruvçi omil hisoblanadi hamda terrorizm, ekstremizm, legallaştiriş, narkotrafik, uyuşgan jinoyatçilik va boşqa köplab jiddiy çaqiriqlar hamda tahdidlarni tiyib turibdi.
Biz AQŞ va «Tolibon» harakati örtasidagi töğridan-töğri muzokaralarni qöllab-quvvatlaymiz. Bu yerda mavjud holatdan kelib çiqiş kerak. Bu hisoblaşiş kerak bölgan kuç, bu afğon jamiyatining bir qismi, unga e'tibor bermaslikning iloji yöq hamda bu notöğri», dedi Abdulaziz Komilov.
Komilov AQŞ tomonidan qilinayotgan barça xatti-harakat töğri ekanini aytib ötdi. Uning bildirişiça, Özbekiston öz harakatlarini faqat bir maqsadda muvofiqlaştiradi - mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlaş va tinçlik jarayonida öz missiyasini bajariş.
«Özbekistonda bu jarayonda qandaydir muhim rolni öynaş kabi niyatlar yöq hamda mamlakat mintaqadagi vaziyatga real baho bermoqda. Biz afğon muammosini bitta turtki bilan hal qiliş mumkin, deb öylamaymiz. Ya'ni, kelişuv imzolaş, uni stol ustiga qöyiş va darhol bir qarorga keliş», deya qöşimça qilib ötdi u.

















