Prezident Şavkat Mirziyoyev 22 may kuni maktabgaça va maktab ta’limini rivojlantiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Taqdimotda aytilişiça, boşlanğiç sinflarda xorijiy tajriba asosida yangi öquv dasturi joriy qilinadi. Yuqori sinflarda öqitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga kamaytirilib, dasturlarning fanlararo va sinflararo integratsiyasi ta’minlanadi. Bunda 11 ta majburiy va 2 ta tanlov fani tatbiq etiladi. Yangi öquv yilidan informatika fani 1-sinfdan örgatiladi.
Hozirda mavzularning 70 foizi kundalik hayot bilan boğlanmagan. Endi fanlarning amaliy maşğulotlar uluşi 40 foizdan 60 foizgaça oşiriladi. Bunda mavzular aniq muammoni hal qiliş orqali örgatiladi, amaliyot darslari esa loyihani bajariş şaklida ötkaziladi.
Maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlaş maqsadida pedagoglarni sertifikatlaş tizimi yölga qöyiladi. Ya’ni, işga kirayotgan pedagog 1 yil davomida öqituvçi-stajyor sifatida faoliyat yuritib, şu muddatda sertifikat olişi kerak böladi.
Öqituvçilarga malaka toifasini beriş böyiça sinovlar 2 bosqiçda taşkil etiladi. Birinçi bosqiçda talabgorning mutaxassislik fani böyiça bilimi, ikkinçisida pedagogik mahorati baholanadi. Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoşiga 70 foizgaça miqdorida ustama tölanişi mumkin.

Şuningdek, boğçalarga malakali tarbiyaçilarni jalb qiliş uçun 2024 yil 1 iyundan ularning iş haqi stavkalari maktab öqituvçilarinikiga tenglaştiriladi.
Umumta’lim maktablariga budjetdan taşqari mablağlardan erkin foydalaniş huquqi berilgani ularning moddiy ahvolini yaxşilaş hamda öqituvçilarga qöşimça haq tölaş imkonini bermoqda. Endi bu tartibni boğça va ixtisoslaşgan maktablar uçun ham qöllaş möljallanmoqda.
Malakali rahbarlar muhitini şakllantiriş maqsadida hududlarda eng tajribali direktorlardan iborat

















